d) Diffuzion yumshatish. Yumshatishni bu xilidan ko‘pincha legirlangan po‘latlarni kimyoviy tarkib notekisligini tekislash maqsadida foydalaniladi. Buning uchun evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat buyumlarni Fe-Fe3C li holat diagrammasidagi As3 kritik temperaturadan 200–300oC yuqoriroq tempera-turada qizdirib shu temperaturada 10–15 soat
saqlab, keyin 600oС gacha pech bilan birga so‘ngra havoda sovitiladi. Buyumlarni yuqori temperaturada qizdirishda austenit donachalardagi uglerod va bo‘lak elementlar difuziyalanib tarkibi tekislanadi. Lekin bu ishlovda austenite donachalari yiriklashadi. Shu boisdan diffuzion yumshatishdan keyin donachalarni maydalash maqsadida to‘la yumshatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |