Yulduzli chiroqchalar



Download 226,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana13.04.2022
Hajmi226,92 Kb.
#549431
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yulduzli chiroqlar

Birin ketin...
Buni sir saqlashga majbur edim. Yana razil sirlar uchun aqchadonga aylandim.
Haqiqat ogʻriqli boʻladi. Azob beradi. Koʻngilni sovutadi. Aynan shuning uchun ham
haqiqat osonlikcha aytilmaydi. Koʻpgina hollarda haqiqat jim turish yoʻli orqali
yashiriladi. Shunda odamlarga osonroq boʻladi. Odamlarga haqiqatni qabul qilish oson
emas. Vaqt oʻtib sevgi ham tugashini, xiyonatlar boʻlishini, aldanish mumkinligini qabul
qilish oson emas. Biz kerak boʻlmagan muammolar bilan oʻzimizni qamrab olamiz
hamda “shunday boʻlishi kerak” deb chidab yuraveramiz. Nima uchun “shunday boʻlishi
kerak?” 
Biroq onamga shunday yaxshiroq boʻlsa, mayli boʻlaqolsin. Ularga buni
aytmayman. Onamning halovati men uchun hammasidan ustun. Hattoki yaqinlaring ham
azob berishlari mumkinligini tushunib yetganingda yana bir yulduz soʻnadi va koinot
yanada qisqaradi. Ammo yaqinlaring senga nisbatan jirkanchlik qilib turganida,
begonalardan nimani kutish mumkin? Ishonchni ham yoʻqotasan. Yana bir yulduz
soʻnadi. Koinot juda tez qisqarishda davom etadi. 
Ishonchni yoʻqotganingda esa, undan olgan uzugingga uzoq tikilib turasan va
“ishonchsiz qanday yashash mumkin?” degan savolni oʻzingga berasan hamda uzukni
taqmay ham qoʻyasan, yana bir yulduz soʻnadi. Haqligingni bilganingda esa, yana bir
yulduz soʻnadi. Chunki sen bu buyumda ortiq ma’no koʻrmayapsan. Uzukni yechishing
bilan yana bir yulduz soʻngan edi. Sening koinoting shunchalar kichrayganki, bemalol
choʻntakka solib yursa boʻladi. 
Iliqlik, kelajakka ishonch, hayotda nimagadir erishishga boʻlgan harakatni va
qarindoshlaring-u otangga boʻlgan majburiy hurmatni hanuzgacha “Oyijon” sayyorasi
boʻlgan koinoting markazi ushlab turadi. 
Naqadar betakror sayyora. Va shunchaki betakror emas, balki kuchli, dono va
goʻzal ham. Bu sayyora uchun shunchaki jilmayish yetarli, bunga javoban esa senga
koʻprogʻini beradi, vaholanki eng kamiga arzimasligingni bilsang-da. 
Aynan shu sayyora sabab koinoting haligacha tirik. 
Sabab esa aslida nimada? Razilliklar sababi nimada? 
Nahotki yaxshi pishirilmagan taom gʻazablanish uchun sabab boʻla olsa? Nahotki
taom oilaviy hayotda shunchalik muhim roʻl oʻynaydiki, agar taomga nimadir boʻlgan
boʻlsa, albatta qoʻl koʻtarish kerak? Agar shunday boʻlsa, uylanishdan avval “Men
yeyishni sevaman. Menga boshqasi kerak emas” deb aytgan ma’qul emasmi? Yoʻq.
Taomning hech qanday aloqasi yoʻq. Shunchaki hammasi oʻtkinchi. Buni qabul qilish
kerak va yashashda davom etish kerak. 


Va nihoyat insonlarni asl mohiyatini tushunib yetganingda? Yana bir yulduz
oʻchadi. Endi esa bor yoʻgʻi besh dona yulduz qoladi. 
Mitti qizaloqning koinotida ilk oʻchgan besh yulduz esingizdami? Ular “Otam
yulduzlari” edi. U ularga shunday nom bergan edi. Uning otasidan koʻngli qolganida,
otasi qanday inson boʻlishi mumkinligini koʻrganida, oʻsha besh yulduz oʻchgan edi.
Uning otasi qizaloq tugʻilganida oʻzi sovgʻa qilgan yulduzlarini tortib olgandi. Endi esa
unda koinoti markazi boʻlgan onasidan qolgan besh yulduz bor edi xolos. 
Koinoti markazi esa hanuz “Hamma bir xil emas!”, “U seni otang!”, “Hammasi
yaxshi boʻladi” kabi soʻzlarni takrorlab, soʻngan yulduzlarni qayta yoqishga urinar edi. 
Men onamning soʻzlariga ishondim. Onam gaplariga kirishga qaror qildim, chunki
aynan onam juda tez kichrayib, qorongʻilashib borayotgan koinotimda yorugʻlikni ushlab
turar edi. 
Onamni baxtli qilishga qaror qildim. Onamga hammadan koʻra onam arziydigan
baxtni sovgʻa qilishga qaror qildim. Ammo buni qanday qilishni bilmasdim. 
– 
Oyi, aytingchi, baxtli boʻlishingiz uchun nima qilay? Men bilan faxrlanishingiz
uchun nima qilay? 
– 
Universitetga kir. 
Va onam istagandek qildim. Oʻshanda uning koʻzlarida quvonch koʻzyoshlarini
koʻrdim. Onam baxtli edi, men esa oʻzimdan qoniqqandim. Biroq yonib turgan yulduzlar
soni ortmasdi. Menda haligacha bech yulduz yonib turardi, chunki men menda muhabbat
va hayotga qiziqishni ushlab turgan goʻzal ayol, onam uchun yashab, u uchun harakat
qilar edim. 

Mening qizalogʻim ham qachonlardir kimnidir topsa, juda ajoyib boʻlar edi. –
onam kunlardan bir kun tushlik stoli ustida gap boshlab qoldi, – Vaqti keldi menimcha. –
deb qoʻshib qoʻydi. 
Onamning bu istagini ham bajo keltirishga qaror qildim. 
Xuddi hammasi koʻngildagidek. Koinotda yana tartib oʻrnatilgan. Yangi, ammo
avvalgi tartibsizlikka asoslangan tartib. Tartibsizlik endilikda qoʻyib yuborilgan, ozod
etilgan va e’tibordan yiroqlashtirilgan. Ammo kelajakda yana shunday xatoliklarga yoʻl
qoʻyilmasligi uchun butunlay xotiradan oʻchirilmagan edi. Haligacha ota “xiyonat”
koʻchasida, odamlar aldaydi, tashlab ketadi, hokimiyatga oʻch, miyalar yuviladi,
hokimiyatga egalar oʻzlarining lavozimlaridan foydalangan holda istaganlarini qilishadi
va oʻzlari suvdan quruq chiqishadi. Seni esa endi hech narsa hayron qoldirmaydi. Chunki
sen bularni barini yaxshi bilasan. Baribir sendagi hayotni onang ushlab turadi va sen u
uchun harakat qilasan, universitetga kirasan, uchrasha boshlaysan va otangning ishlarini
sir saqlaysan. 
Biroq keyinchalik hammasi yana oʻzgaradi. Kutilmaganda oʻzgaradiki, hayotingda
yana tartibsizlik boshlanadi. Hayotimda eng qoʻrchinlisi nima ediya? Bu koinotimda


hayotni yoʻqotib qoʻyish edi. Onamni, hayotimni, butun koinotimni tasvirlab turgan
oʻsha soʻnggi besh yulduzni yoʻqotib qoʻyish edi. 
Yana oʻtinch senda qayerdan paydo boʻlganini bilmaysan, kimga oʻtinyapsan
tushunmaysan, ammo oʻtinasan. 

Men hotirjamman. – deydi onang senga. – Men hotirjamman, chunki mening
“Borligʻim”da hayot davom etadi. 
Parallel borliqlar?! 
Onamning borligʻi men edim. Meniki esa onam edi. Biz bir-birimizda hayotni
ushlab turardik. Biroq, mening borligʻim markazida hayot soʻndi. 
Infarkt. Va hammasi shunchaki oʻchdi. Umuman hammasi. Barcha yulduzlarim,
ularga qoʻshib esa kelajakka ichonch, odamlarga nisbatan boʻlgan soʻnggi hurmatim,
harakatlarim, orzularim, rejalarim... barcha-barchasi soʻndi. Chunki bularning bari onam
bilan bogʻlangan edi. Endi esa u yoʻq. Koinotim shunchaki gʻoyib boʻldi. Oʻzim ham
hech narsani his etmay qoʻydim. Koʻzlarimdagi yosh, onamning goʻzal yuzini
xiralashtirib yuborardi. Uning muzdek yuzlaridan oʻpayotib, faqat bir gapni, “Oyijon, siz
bilan ketgim kelyapti” deya qayta-qayta takrorlardim. 
Onamning vafotidan keyingi har bir kun, yillik azoblarga teng boʻlib qolgandi.
Tushunyapsizmi? Borligʻim butunlay oʻchdi. Qani endi sabab qarilik boʻlsa... lekin onam
bor yoʻgʻi qirq besh yoshda edi. Onam qayerdandir otam ishlari va jazmanining yigirma
bir yoshli oʻgʻlini ta’minlab kelayotgani haqida bilib qolgan ekan. 
Uch yillik azob va qiynoqlarday oʻtgan uch kundan soʻng, menda gʻazab va qasos
olish ishtiyoqi uygʻongandi. Albatta buni ajoyib tarzda uddaladim ham. Otam va
jazmanini ishdan, oʻgʻlining esa universitetdan haydalishiga erishdim. Uch hayotni rasvo
qildim. Balki siz xozir meni yomon inson deb oʻylayotgandirsiz, bunday qilmaslik kerak
edi dersiz, balki haqdirsiz ham. Balki umuman toʻgʻri qilgan deb hisoblarsiz, axir ularni
deb onamdan ayrilgandim. Nima boʻlgan taqdirda ham siz buni muhokama qilasiz. Va bu
yomon emas. 
Men oʻzimni aybdor his etmasdim. Biroq erkin ham emasdim. Azoblar-u,
sovuqlikdan boshqa hech narsani sezmasdim. Menda hech qanday yaxshilik qolmagandi.
Boʻlajak turmush oʻrtogʻim ham huddi shunday degandi, u bilan har qanday aloqalarni
uzayotganimda. 
Ha, aynan shunday. Yashashdan ma’no qolmadi. Ammo boshqa bolalar ham men
kabi boʻlishlarini istamadim. Bolalar borliqlari doimo kengayib borishini, unda
“muhabbat”, “ishonch”, “umid” va “orzu” kabi biri biridan ajoyib sayyoralar paydo
boʻlishini xohlardim. Keyinchalik ular ham oʻz farzandlariga eng yorugʻ yulduzlarni
tuhfa etishlarini istardim. Shu haqda oʻylar ekanman, xat yozishga qaror qildim. Barcha
ota-onalarga xat. U quyidagicha edi: 

Download 226,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish