1.1.2 – rasm. Gerkules yulduz turkumidagi M-13 yulduzlarning sharsimon to`dasi.
Yulduzlar biror to`dani tashkil etishi birlik sferik yuzdagi yulduzlar soni to`daga yaqinlashgan sari ortib borishiga qarab aniqlanadi. Yulduz to`dalarini birinchi ruyxatini 1771-yilda frantsuz astronomi Mess`i tuzgan edi. Ba`zi to`dalar hozirgacha uning ruyxati bo`yicha belgilanadi. Masalan, Gerkulisdagi sharsimon to`da M13, yani Mess`e ro`yxatiga 13-o`rinda, tumanliklar va yulduzlar to`dalarning yangi umumiy katalogida (NGC) da esa 6205-o`rbnda turadi, ya`ni NGC 6205 deb belgilanadi.
Tarqoq to`dalar Galaktika ekvatoriga yaqin atrofida joylashgan. Shuning uchun ularni Galaktikaning tekislik tashkil etuvchisiga qo`shadilar. Quyoshdan bir necha kpk uzoqlikda joylashgan 1000 tacha tarqoq to`da ma`lum Glakatikada taxminan 15000 tacha tarqoq to`da bor deb taxmin qilinadi. Tarqoq to`da diametri 2-20 pk oralig’ida, ko`pincha 3-5 pk atrofida bo`ladi. Tarqoq to`da zichliklarining fazoviy zichligi turlicha, bir kub pk ga 0.25 tadan 80 tagacha yulduz to`g’ri keladi. Massalari yig’indisi esa 15Mo dan 250 Mo gacha bo`ladi. Tarqoq to`dalar Galaktikaning spiral shaxobchalarida joylashgan bo`lib, asosan bosh ketma-ketlik yulduzlaridan va gigandlardan, ba`zilari esa B yulduzsiz bosh ketma-ketlik yulduzlaridan iborat bo`ladi. Galaktika yadrosi, to`daga qo`shni yulduzlar va to`da yulduzlarining o`zaro tortishish kuchi ta`sirida to`daga tegishli yulduzlar asta sekin fazoga tarqalib ketadi. Dastaval kichik massali yulduzlar to`daning tortishish kuchi maydon ta`sirini engib chiqa oladigan tezlikka erishadi. Nazariy hisoblarga ko`ra to`dada yulduzlarning fazoviy zichligi R < 0.093 Mo ps3 bo`lsa, to`da turg’un bola olmaydi, u bir necha million yildan (n va x persey) etti mlrd.yil (M67) ga teng bo`lganlari ma`lum.
To`daga tegishli yulduzlarni ajratib olish uchun avval uning chegarasi aniqlanadi. Buning uchun birlik yuzaga to`g’ri keladigan yulduzlar soni N eng quyuqlashgan nuqtasidan (shartli markazdan) turli yo`nalishlar bo`yicha hisoblanib, jadval tuziladi. Tarqoq to`daning shartli markazidan biror uzoqlikdan boshlab birlik yuzaga to`g’ri keladigan yulduzlar soni minimal qiymatga ega bo`lib, o’zgarmas bo`lib qoladi. Aniqlangan chegara orasidagi yulduzlarning bir qismi, aniqrog’i, xususiy harakatlari va nuriy tezliklari bir xil bilganlari to’da a`zosi bo`lishi mumkin[8]. Yulduzlar osmonida sharsimon to`dalari markazi tomon yulduz konsentrattsiyasi kuchayib borishi natijasida sferik shakl hosil qilganligi bilan ko`zga yaqqol tashlanib turadi. Sharsimon to`dalarning diametri 5 pk dan 40 pk gacha bo`ladi. Yorug’ bo`lganliklari uchun ularni Galaktikaning tekisligi yaqinidan chetdagi uzoq chekkalariga ham ko`rish mumkin. Hammasi bo`lib 136 ta bunday to`da ro`yxatga olingan. Biroq ularning jami soni 500 ga yaqin bo`lishi kerak, degan taxmin bor. Sharsimon to`da 10 mingdan 100 minggacha yulduzni o`z ichiga oladi. Bunday to`dalarga kiradigan yulduzlarning “Spektr – yulduz kattalik (m)” yoki rang (B-V) – yulduz kattalik (m) diagrammasi tarqoq to`dalar va statsionar yulduzlarnikidan farq qiladi. M3 – to`da bo`yicha tuzilgan “rang yulduziy kattalik (m)” diagramma kiritilgan. Diagrammada pastidan o`rta qismiga qadar bosh ketma-ketlikda tegishli yulduzlar joylashgan va undan o`ngga va yuqoriga tomon gigantlar tarmog’i cho`zilgan. Diagrammaning o`rtasidan yuqoriroqda qizil gigantlarning bosh ketma-ketlik bilan bog’lovchi gorizontal tarmoqni ko`rish mumkin. Bu tarmoqni hosil qiluvchi yulduzlar pulsattsiyalanuvchi (liridlar) yulduzlardir [7].
Sharsimon to`da yulduzlarining ko`pchiligi F va G sinflarga kiradi. Ularda ko`plab Liridlar (RR lyr) ni ko`rish mumkin. Liridlar diagrammada gorizontal tarmoqni hosil qiladi va ularga asoslanib to`daning uzoqligi topilgan. Sharsimon to`dalarning tarqoq yulduz to`dalarining farqi o`laroq Galaktika tekisligidan tashqariga zichlangan holda joylashib, Galaktika o`zagi atrofida ko`rinadi va uning sferik tashkil etuvchisini hosil qiladi, ya`ni ularning soni markazdan barcha tomonga masofaning kvadratiga teskari proportsional ravishda kamayib boradi. Sharsimon yulduz to`dalarning yoshi 10 milliard yildan katta,Galaktikadagi eng “keksa” obe`ktlar hisoblanadi. .
Do'stlaringiz bilan baham: |