Ma’muriy javobgarlik.
Nuqsonlari bo’lganligi uchun foydalanish ta’qiqlangan, yoki, tegishlicha ruxsat olmasdan qayta jihozlangan, yoxud davlat texnika ko’ruvidan o’tmagan avtomobilni boshqarganligi uchun haydovchi ogohlantiriladi, yoki, jarima to’laydi
Tezlikni belgilangan miqdordan oshirganligi, yo’l harakatini rostlab turuvchi signallarga, yo’l belgilari, yoki, yo’llarning o’tish qismidagi reja chiziqlari talablariga rioya qilmaganligi,odamlarni tashish, transport vositasini quvib o’tish, manyovr qilish, chorrahalardan, piyodalar o’tadigan yo’llardan, jamoat transporti to'xtaydigan joylardan o’tish, yoritish priborlaridan foydalanish qoidalarini buzganligi harakat vaqtida to’siqsiz yurishga haqqi bo’lgan transport vositalarining o’tib ketishi uchun xalaqit berganligi uchun, yoki, avtomobilni haydash guvohnomasi bo’lmagan shaxsga boshqarishga berganligi uchun haydovchi ogohlantiradi, yoki, jarima undiriladi.
Avariya holati sodir bo’lishiga olib kelgan yuqorida ko’rsatib o’tilgan xatolarga yo’l qo’ygan, shuningdek, aytib o’tilgan harakat qoidalarini yana bir bor buzgan haydovchi ogohlantiriladi, yoki, jarima undiriladi.
Bir yil davomida aytib o’tilgan qoidalarni buzgan haydovchi jarima to’laydi, yoki, olti oy muddatga avtomobilni boshqarish guvohnomasidan mahrum etiladi. Yo’l harakati qoidalarining buzilishi oqibatida avtomobilga, olib ketilayotgan yukka, yo’lga, yo’l inshootlari va boshqalarga yoki, boshqa mulkka shikast etkazganligi uchun haydovchi jarima to’laydi , yoki, olti oy muddatga avtomobilni boshqarish guvohnomasidan mahrum etiladi. Yo’l qoidalarini buzib, yuqoridagidek oqibatlarga sabab bo’lsa, haydovchi jarima to’laydi. Avtomobilni mast holda boshqarganligi, shuningdek, avtomobilni mast holdagi boshqa qishiga boshqarishga ruxsat berganligi uchun haydovchi jarima to’laydi, yoki, bir yil muddatga avtomobilni boshqarish guvohnomasidan mahrum etiladi. Yuqorida aytib o’tilgan yo’l harakati qoidalarini bir yil davomida qayta buzganligi uchun, birinchi marta qoidani buzganda haydovchilik guvohnomasidan bir yil muddatga mahrum etilgan bo’lsa, jazo muddati tugashi bilan haydovchi yana bir yildan uch yilgacha haydovchilik guvohnomasidan maxrum etiladi
Avtomobilni boshqarayotgan haydovchining ichganligiga shubha tug’ilsa, u avtomobilni boshqarishdan chetlatiladi va spirtli ichimlik ichganligi tekshiriladi. Spirtli ichimlik ichganligini tegishli tartibda tekshiruvdan o’tishdan bosh tortganligi uchun haydovchidan jarima olinadi, yoki, bir yilgacha muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etiladi, haydovchilik guvohnomasi bo’lmagan shaxslardan esa, jarima olinadi.
Yo’llar, temir yo’llarning kesib o’tish joylarini va boshqa yo’l inshootlarini, yoki, yo’l harakatini rostlash texnik vositalarini atayin shikastlagan, shuningdek yo’l harakatiga atayin xalaqit bergan haydovchilardan jarima undirib olinadi. Ehtiyotsizlik oqibatida yuqorida aytib o’tilgan hodisalar sodir bo’lsa ham , haydovchilar tegishli miqdorda jarima to’laydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |