Ishdan maqsad. Talabalarda temir yo‘l stansiyalarida poyezdlar harakati va manyovr ishlarini tashkil etish va boshqarishda so‘zlashuvlar reglamentiga amal qilish bo‘yicha ko‘nikma, bilim va malaka hosil qilishdan iborat.
Bajarilishi talab etilgan ishlar:
Poyezdlar harakati va manyovr ishlarida marshrutlar tayyorlashda so‘zlashuvlarning ahamiyati.
Uchastka stansiyasi ish faoliyati misolida marshrutlar tayyorlashda ishlatiladigan reglamentlarni bayon etish: poyezdlarni qabul qilish, o‘tkazib yuborish va jo‘natish.
Uchastka stansiyasida manyovr ishlarini bajarishda ishlatiladigan barcha so‘zlashuvlar reglamentini bayon etish.
Berilgan uchastka stansiyasi sutkalik ish reja-grafigini to‘g‘ri bajarilishini ta’minlash.