IV bob. YHX xizmatining huquqlari va majburiyatlari YHX xizmati o‘z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda avtomobilda tashuvchining vakili bo‘lish;
avtomobilda tashuvchining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan o‘z vakolatiga doir ma’lumotlarni talab qilib olish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha avtomobilda tashuvchining barcha tarkibiy bo‘linmalari uchun majburiy bo‘lgan va faqat avtomobilda tashuvchining birinchi rahbari tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
tashishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklaming o‘z vaqtida bartaraf etilishi uchun zarur choralarni ko‘rish;
yo‘l harakati xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi jiddiy kamchiliklar aniqlanganda avtotransport vositalari harakatlanishini taqiqlash;
ahvoli yoki harakatlari yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan avtotransport vositalari haydovchilarini mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishdan chetlatish, ularga nisbatan tegishli choralarni qo‘llash yuzasidan avtomobilda tashuvchining rahbariyatiga taklif kiritish;
namunali avtotransport vositalari haydovchilarini mehnat uchun rag‘batlantirish yuzasidan avtomobilda tashuvchining rahbariyatiga taklif kiritish.
Avtotransport vositalarining soni 50 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda yo‘1-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyga yetib borish, yo‘nalishdagi avtotransport vositalari ishini monitoring qilish, avtomobil yo‘llari ahvolini tekshirish, avtokolonnalarni kuzatib borish uchun YHX xizmati maxsus yengil avtomobil bilan ta’minlanadi. Ushbu avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlar mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga biriktirilgan avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlarni qayd etish kitobiga kiritib borilishi zarur.
17.YHX xizmati:
.
o‘z harakatlari bilan yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzmasligi;
avtomobilda tashuvchining boshqa xizmatchilari va avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi holatlariga befarq bo‘lmasligi;
avtomobilda tashuvchining rahbari hamda vakolatli davlat organlarining qonuniy ko‘rsatmalari va talablarini bajarishi shart.