Yuk poyezdlarini poyezd tuzish rejasining ma’lum bir yo‘nalishi bo‘yicha jo‘natishda tarkiblar yig‘ilish jarayoni modellashtirish


Saralash parki yo‘llariga vagonlar guruhlarining tushish ketma-ketligini tuzish



Download 1,72 Mb.
bet5/37
Sana06.07.2022
Hajmi1,72 Mb.
#745769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Shukurov M нгш

1.3. Saralash parki yo‘llariga vagonlar guruhlarining tushish ketma-ketligini tuzish

Topshiriq bo‘yicha yuk poyezdlarini o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ish va ularni poyezdlar tuzish rejasi bo‘yicha jo‘natishni 4 ta holat orqali amalga oshiriladi. Buni qisqacha 2 ta grafik (o‘zgaruvchan va o‘zgarmas) hamda tarkibning belgilangan qat’iy me’yori va belgilangan me’yordan kamaytirib jo‘natishni modellashtirishnibayon etamiz. Bular:



  1. yuk poyezdlarining me’yoriy tarkibi qat’iy belgilangan holda, o‘zgaruvchan grafik asosida jo‘natish (Гибкий график при твердой норма состава);

  2. yuk poyezdlarining me’yoriy tarkibi qat’iy belgilanmagan holda, o‘zgaruvchan grafik asosida jo‘natish (Гибкий график при гибкой норма состава);

  3. yuk poyezdlarining me’yoriy tarkibi qat’iy belgilanmagan holda, o‘zgarmas grafik asosida jo‘natish (Твердой график при гибкой норма состава);

  4. yuk poyezdlarining me’yoriy tarkibi qat’iy belgilangan holda, o‘zgarmas grafik asosida jo‘natish (Твердой график при твердой норма состава);



1.4. Yuk poyezdlarini texnik stansiyalardan jo‘natishning turli xil usullari bo‘yicha tarkiblar yig‘ilish jarayoni modellashtirish


Yuk poyezdlarining me’yoriy tarkibi qat’iy belgilangan holda, o‘zgaruvchan grafik asosida jo‘natish, bu turdagi tarkib uchastka va o‘tkinchi poyezdlar turkumiga tegishli bo‘lib, ular yig‘ilishida tarkib belgilangan me’yorda bo‘ladi, ya’ni qat’iy belgilangan me’yordan oshmaydi va kamaymaydi ham, lekin ularning tanlangan yo‘nalishida jo‘nash vaqti, tarkib qachon to‘liq bo‘lsa o‘sha vaqtda jo‘natilishi rejalashtiriladi.
Bu usulda tarkibning to‘planishi tutashuvchi guruh kirib kelishi vaqtida yakuniga etadi, vagonlar sharoitida shakllanish rejasi bo‘yicha tarkibning o‘rnatilgan me’yori mavjud va poyezd etarlicha me’yorda to‘planmaguncha tarkib jo‘namay turadi. Bunda tarkib hosil bo‘lishini rejalashtirish to‘liq me’yorida to‘planadigan tarkibni to‘ldiruvchi vagonlarning tutashuvchi guruhi haqidagi tezkor ma’lumot olish holatidagina imkoni bor. Poyezd dispetcheri me'yoriy grafigiga muvofiq grafik yo‘l chizig‘ini tanlashi yoki stansiya navbatchisi bilan kelishgan holda qo‘shimcha poyezdni moslashtirishi kerak bo‘ladi. Bunda vagon tarkibining yoki poyezd lokomotivining qo‘shimcha turib qolish holatlari paydo bo‘lishi mumkin.
To‘liq tarkibli va to‘liq vazndagi (og‘irlikdagi) poyezdlarni jo‘natish iqtisodiy jihatdan qulay ekanligi shubhasiz, ammo boshqa tarafdan tarkibni jo‘natishga tayyorlash vaqti vagonlarning tutashuvchi guruhining kelish vaqtiga bog‘liq, ushbu vaqt esa uning kirib kelishi haqidagi tezkor ma’lumotni olgunga qadar noma’lumdir. Undan tashqari, prognoz qilingan vaqtdan poyezdlarning kechikib kelish holatlari ham uchrab turadi. Tezkor rejalashtirish sharoitlarida poyezd tarkibi kattaligi maksimal bo‘lishini kutmasdan jo‘natish maqsadga muvofiq bo‘lib, tutashuvchi guruhning kelib qo‘shilishi esa katta vaqt o‘tgandan so‘ng sodir bo‘ladi. Shu tufayli to‘planish arafasidagi kutib qolishlar kamayib, lokomotivning tarkibni kutib turib qolishi ish unumdorligining yo‘qolishi kamayib, lokomotiv uzulishlar bilan jo‘nashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
To‘liq tarkibli hamda to‘liq og‘irlikdagi barcha poyezdlarni o‘zgaruvchan grafik bo‘yicha jo‘natishda yuklarni jo‘natishning eng kam harajat qilinishi holatiga erishiladi. Ammo ob’ektiv mavjud bo‘lgan vagonlar oqimining o‘zgarib turishida bunga o‘xshash amaliyot yuklarni tashish jarayonida jo‘naydigan poyezdlar miqdori sezilarli o‘zgarib, poyezdlar tayyor holatda jo‘natilishiga olib keladi. Bu narsa o‘tkazish qobiliyatining o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotishlariga, vagonlar aylanmasining sekinlashishiga, poyezdlarning turli xil harajatlariga olib keladigan poyezdlar oqimining to‘planib qolishi holatlari ro‘y berishiga olib keladi.
Tezkor boshqaruvning amaldagi sharoitlarida rejaviy vagonlar oqimini prognozining to‘g‘ri hisob-kitob qilinmagani bois “boshqaruv” bo‘yicha rezerv bilan lokomotivlarni o‘z vaqtida jo‘natishni ta’minlash qiyin. Bu xolat shu narsaga olib keladiki, ayrim stansiyalarda juda ko‘p lokomotivlar to‘planib qolib, boshqa punktlarda esa ularning soni poyezdlarni jo‘natishga etarlicha bo‘lmay qoladi. Buning oqibatida tayyor tarkiblarning lokomotivlarni kutib, lokomotivlarning esa tarkiblarni kutib (0,5 soat va undan ko‘proq vaqt mobaynida) qo‘shimcha turib qolish holatlari oshib ketadi
Og‘irlikning qat’iy belgilangan me'yorini amalga oshirishda poyezddan o‘tuvchi(ko‘chuvchi) qoldiqlar ko‘p bo‘lib, to‘planib qolish arafasidagi vagonlarning biroz turib qolishiga olib keladi.
Harakatning o‘zgaruvchan grafikdagi hamda qat’iy me’yordagi to‘liq tarkibning o‘ziga xos harakteri tarkibning grafik me’yoriga mos ravishda maksimal ruxsat etilgan kattalikka qadar to‘planib qolishidir. Bunda to‘plangan (yig‘ilgan) tarkib me’yoriy grafikning yaqin temir yo‘l chizig‘i bo‘yicha yoki dispetcherlik jadvali bo‘yicha jo‘naydi. Tezkor choralar bilan to‘planish jarayoniga ta’sir etish anchayin murakkabdir, shuning uchun saralash stansiyalari konveyr tipi bo‘yicha ishlab, mazkur jarayonga kirib qo‘shilib boradi, uning ustiga unga ta’sir etish juda qiyin bo‘ladi. Biroq ekspluatatsiya ishi dinamikasi to‘planish jarayoniga ijobiy ta’sir etuvchi holatlarga ham olib kelishi mumkin. Muhimi ana shunday holatlarni qo‘ldan boy bermasdan, ulardan hamda to‘planish jarayonida vagonlarning turib qolishidan, demakki vagon-soatlarning sarf-harajatlaridan oqilona foydalanish lozim bo‘ladi.
Saralash parki yo‘lidagi tarkib to‘planishining o‘rtacha grafigini batafsil ko‘rib chiqamiz (1-rasm).
Stansiyaga kirib keluvchi poyezdlarning to‘planishi jarayonida to‘planish yo‘liga o‘rtacha yarim soat interval bilan mos ravishda belgilangan vagonlar guruhi kirib keladi. To‘planish jarayoniga ta’sir etish harakteriga ko‘ra kirib keluvchi guruhlarni ikki turga: to‘planish arafasida turib qoluvchi to‘plovchi hamda navbatdagi tarkib hosil bo‘lishida ishtirok etadigan vagonlarning qolgan qismi (qoldig‘i) sanalgan berilgan qat’iy me’yorgacha tarkibning to‘planish jarayonini to‘ldirgan holda uning jarayonini yakuniga yetkazuvchi to‘planib qolish arafasidagi vagonlarning turib qolishi holatiga ega bo‘lmagan turlarga ajratish mumkin (2-rasm). Shuning uchun tutashib ketuvchi guruhning o‘rtacha kattaligi qodiqning o‘rtacha kattaligini to‘plovchi guruhning kattaligidan kattaroq:

Bu mantiqqa to‘g‘ri keladi, negaki kirib keluvchi guruh qancha katta bo‘lsa, uning tutashuvi guruh bo‘lish ehtimoli shuncha katta bo‘ladi.
1-rasm. Poyezd tarkibiga vagonlarning to‘planishi




Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish