Kurs loyihasining maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni poyezd tuzish rejasining har bir yo‘nalishi bo‘yicha yuk poyezdlarini jo‘natish usullarini qo‘llash va ulardan samarali variantini tanlashga tayyorlash. Bunda talabalar oldiga quyidagi 2 ta vazifa qo‘yiladi:
a) mustaqil ravishda tavsiya qilingan adabiyotlar va vagonlar oqimi haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha saralash stansiyasidagi poyezdlarni tuzish jarayonini o‘rganadi hamda tuzilgan poyezdlarni har xil tarkibda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas grafik asosida jo‘natib, har bir holat bo‘yicha stansiya ko‘rsatkichlarini hisoblash;
b) yuk poyezdlarni me’yoriy tarkibi belgilangan va belgilanmagan har xil variantli grafik asosida jo‘natishga sarflanadigan harajatlar asosida texnik-iqtisodiy hisoblar olib borish.
Ushbu fan bo‘yicha kurs loyihasini bajarish mobaynida talabalar uchastka va yo‘nalishlarda variantli poyezdlar harakatini tashkil etish va ularning samarali variantini tanlash bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Kurs loyihasini ishlab chiqishda talabalar quyidagi ishlarni bajarishi talab qilinadi:
poyezd tuzish rejasining har bir yo‘nalishi bo‘yicha saralash parki yo‘llariga tushayotgan vagonlar guruhlari miqdorining sutkalik o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash;
yuk poyezdlarini o‘zgarmas grafik asosida jo‘natish jadvallarini ishlab chiqish;
yuk poyezdlarni me’yoriy tarkibda va undan kamaytirib hamda o‘zgarmas grafik asosida jo‘natishda tarkiblar yig‘ilish jarayoni ko‘rsatkichlarini hisoblash;
poyezd tuzish rejasining har bir yo‘nalishi bo‘yicha yuk poyezdlarini me’yoriy tarkibda va undan kamaytirib hamda o‘zgarmas grafik asosida jo‘natishda vagonlar harakati harajatlarini hisoblash;
uchastka va yo‘nalishlardagi vagonlar oqimi miqdori va ularning sutkalik o‘zgarishini inobatga olib texnik-iqtisodiy hisoblarni bajarish va ular asosida poyezdlar harakati grafigining samarali variantini tanlash.
Ushbu umumiy mavzu doirasida kurs loyihasining topshirig‘ida beriladigan saralash stansiyalari va uchastkalarning quyidagi asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi:
poyezd tuzish rejasining har bir yo‘nalishi bo‘yicha saralash yo‘llariga tushayotgan vagonlarning sutkalik miqdori;