7-rasm. Poyezd m’eyoriy tarkibi qatiy belgilangan holatda o‘zgarmas grafikda tarkibning yig’ilish jarayoni
Ushbu holatda agar, vagonlarning eng ko‘p yig‘ilish vaqtigacha tarkibni yig‘ishda shart bajarilsa,shu kundagi vagonlarning eng ko‘p yig‘ilish vaqti bekor bo‘ladi. Bekor bo‘lgan vaqtgacha yig‘ilgan vagonlar soni keyingi guruhni kutadi va to‘lgandan so‘ng yoki qo‘shimcha poyezd sifatida yoki vagonlarning eng ko‘p yig‘ilish vaqtida jo‘natilishi rejalashtiriladi. Albatta bu vaziyatga qarab modellashtiriladi, ya’ni tanlangan yo‘nalish bo‘yicha guruhdagi vagonlarning stansiyaning saralash parki yo‘llariga kelish vaqti inobatga olinadi.
6 va 7 usullarda poyezdlarning yig‘ilish jarayonini modellashtirishda eng qulay variant sifatida, qo‘shimcha poyezdlar va bekor bo‘lishlar soni eng kami qaraladi. Chunki o‘zgarmas grafikda qancha ko‘p poyezdlar “nitka vaqti” da yurmasa mijozga shuncha zarar, qolaversa, tanlangan vaqtlarda poyezdlarni jo‘natimasa ham xuddi shunaqa. O‘zgarmas grafikning afzal tomoni ham, qancha ko‘p poyezdlar “nitka vaqti” da yursa, mijozga shuncha foyda keladi.
1.9. O‘zgaruvchan (5 va 6 ustun) va o‘zgarmas grafik (7 va 8 ustun) bo‘yicha yuk poyezdlarini jo‘natishda tarkiblar yig‘ilish jarayoni modellashtirish ko‘rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |