Siltanish va plankadan otishda barcha harakatlar avvalgilaridan tezroq bajariladi. Bunday paytda yugurishdagi eng tez harakatlar amalga oshiriladi va siltanuvchi oyoq tez oldinga chiqariladi va depsiniladi. Siltanish oyog‘i planka bilan bir yo‘nalishda bo‘lib, qo‘l harakati tirsakni yelka barobar oldinga cho‘zish bilan yakunlanadi. Oyoq siltanish harakati chog‘ida yuz bilan barobar bo‘ladi (dep-sinish to‘g‘ri oyoq bilan bajariladi, gavda tik holatda bo‘ladi, siltanish oyog‘i tizzasi yuqorida, qo‘llar oldinda va plankaning ikki tomoni pastiga tushiriladi, plankaga yaqinlashganda, avval gavda egilgan, so‘ngra tik bo‘ladi). Plankadan o‘tgandan keyin siltanuvchi oyoq tezda pastga — orqaga tushiriladi. Endi gavda tiklanadi va siltanuvchi oyoqni yuqoriroq ko‘tarib o‘ziga tortiladi (oyoq uchi bilan to‘p tepgandek qilib), so‘ngra siltanuvchi oyoq bilan yerga tushiladi va boshqa oyoqni bir qadam orqaga qo‘yib, qad rostlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |