Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


«Fikrlar hujumi» asosida TG‘ ni tanlash



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/197
Sana11.03.2022
Hajmi2,52 Mb.
#490846
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   197
Bog'liq
korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

 
«Fikrlar hujumi» asosida TG‘ ni tanlash 
 
Bu usul tovarlar va xizmatlar ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan 
yo‘llarini izlashga nostandart yondashishni rag‘batlantiruvchi ong (aql)ni 
erkinlashtirishdan iborat. Bunda fikrning tug‘ilishi uning natijasi va tahliliga 
bog‘liq bo‘lmaydi. 
Maxsus kengash o‘tkazilib, aytilgan fikr va g‘oyalar muhokama qilinadi, 
unda g‘oyalar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar tanqid qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Muhokamadan so‘ng eng ma’qul deb topilgan g‘oyalar ustida ishlash davom ettiri-
ladi. 
«Fikrlar hujumi»ni o‘tkazishga harakat qiling. Sizga quyidagi savolnoma 
yordam beradi. Bunda hech qanday maxsus usullardan foydalanmang, qonunlarga 
rioya qilmang, aql-idrokingiz yetganicha unga imkon bering. 
Savolnomaning har bir bandi ish jarayonini yoki mahsulotini yaxshilashga 
qaratilgan.
 
«Fikrlar hujumi» ni o‘tkazish uchun savolnoma 
 
1. Buyumning o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkinmi? 
2. Uning miqdorini o‘zgartirsa bo‘ladimi? 


109 
3. Uning tarkibi va xarajatlar ketma-ketligini o‘zgartirsa bo‘ladimi? 
4. Vaqt birligini o‘zgartirish mumkinmi? 
5. Sabab va oqibatlarini o‘zgartirish mumkinmi? 
6. O‘ziga xos xususiyatlarini o‘zgartirish mumkinmi? 
7. Shaklini o‘zgartirsa bo‘ladimi? 
8. Harakatni o‘zgartirsa bo‘ladimi? 
9. Holati yoki sharoitini o‘zgartirish mumkinmi? 
10. Sotish uchun biror-bir yangilik kiritsa bo‘ladimi? 
11.
Ayni mahsulotdan foydalanmasdan ham shunday natijaga erishish mumkinmi? 
12.
Shu ishni umuman bajarmasdan ham shunday natijaga erishsa bo‘ladimi?
13.
Mahsulot tayyorlash yoki ishni bajarishni yengillashtirsa bo‘ladimi? 
14.
Jarayonlarni tezlashtirish uchun nima qilish mumkin? 
15.
Buni yana ham yoqimliroq qilsa bo‘ladimi? 
16.
Buni yanada qulayroq qilsa bo‘ladimi? 
17.
Buni yana ham bejirim va ixcham qilsa bo‘ladimi? 
18.
Buzilmaydigan yoki mustahkamroq shaklga keltirsa bo‘ladimi? 
19.
Buni xavfsizroq qilish mumkinmi? 
20.
Buni yana ham foydaliroq qilsa bo‘ladimi? 
21.
Uni boshqa biror narsaga moslashtirish mumkinmi? 
22.
Uning foydaliligini oshirish uchun unga yana biror qo‘shimcha qilsa bo‘ladimi? 
23.
Buni yana ham ishonchliroq (mustahkamroq) qilsa bo‘ladimi? 
24.
Qanday qilib uni samaraliroq qilish mumkin? 
25.
Uni arzonroq qilsa bo‘ladimi? 
26.
Shu mahsulotning tashqi ko‘rinishini yana ham chiroyli qilish mumkinmi? 
27.
Mahsulotdan foydalanish g‘oyasini kengaytirib va ko‘p maqsadlarda foydala-
niladigan qilsa bo‘ladimi? 
28.
Uni boshqa kashfiyotlar bilan qo‘shib, birgalikda rivojlantirsa bo‘ladimi? 
29.
Uni foydalanish uchun qulay va ixcham qilish mumkinmi? 
30.
Uni ommalashtirishni yaxshilasa bo‘ladimi? 
31.
Uning qadoqlanishini yaxshilasa bo‘ladimi? 
32.
Yana qaysi xususiyatlarini yaxshilash mumkin?

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish