3
KIRISH
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy jihatdan rivojlantirish amalga
oshirilayotgan hozirgi kunda jamiyatning har bir a’zosi oldida bozor iqtisodiyoti
qonuniyatlarini,
uning
O‘zbekiston
Respublikasida
qanday
amalga
oshirilayotganini, bu qonuniyatlarning ishlab chiqarishga tadbiq etilishi va
pirovard natijasini, talab darajasida xizmat ko‘rsatish va tovar ishlab chiqarishni
yo‘lga qo‘yishning sirlarini bilib olish kabi vazifalar turibdi.
Bozor iqtisodiyotining asl ma’nosi iqtisodiyotni tashqaridan tartibga solish
tajribasidan voz kechib, o‘z-o‘zini boshqaradigan mexanizm yaratishdir. Ana shu
o‘z-o‘zini tartibga solib, yo‘naltirib, barqaror o‘sish suratlarini ta’minlab turadigan
yangi bozor mexanizmining markazida inson omili yotadi.
Boshqacha qilib
aytganda shunday sifatdagi kadrlar tayyorlash kerakki, u o‘zida hozirgi zamon
ilmiy-texnik
inqilobi yutuqlarini mujassamlashtirgan, paydo bo‘ladigan
ziddiyatlarni bartaraf qila oladigan xususiyatlarni gavdalantirgan bo‘lishi kerak.
Ayni vaqtda kadrlar o‘zida yuksak milliylik, o‘z Vatani imkoniyatlaridan unumli
foydalana bilish xislatlarini ham egallashlari darkor.
Prezidentimiz I.A.Karimov «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat, deb
ta’kidlamoq uchun barcha asoslar bor. Respublikada hamma narsa tabiiy boyliklar,
unumdor yer, qudratli iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma’naviy salohiyatlar mavjud.
Eng muhimi - bu diyorda mehnatsevar xalq va iste’dodli yoshlar yashaydi»
*
,
-
degan edi.
O‘zbekiston Respublikasining kelajakda buyuk davlat bo‘lishi ko‘p jihatdan
hozirgi kunda ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarga bog‘liq ekan, ularni har
tomonlama
yetuk kadrlar qilib tayyorlash, ayniqsa, ilmiy jihatdan har qanday
nazariy muammolarga va xo‘jalik amaliyotida paydo bo‘ladigan savollarga ijobiy
yondasha oladigan, ularni hal etish qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassislarni
tayyorlash shu kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib bormoqda.
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida «yangi pedagogik texnologiyalarni
qo‘llab talabalarni o‘qitishni intensivlashtirish» eng
zarur vazifalardan qilib
qo‘yilgan.
Pedagogik texnologiya bu - texnika va inson omillarining o‘zaro ta’sirini
hisobga olgan holda o‘qitish va darslarni o‘zlashtirish jarayonidagi yaratish,
qo‘llash, aniqlashni optimal shaklga keltirishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan
sistemali yondashish uslubidir.
O‘qitishning maqsadi, uning mazmuni, dars uslubi, nazorat va natijani
baholashni o‘zaro bog‘lab loyihalash, dars o‘tayotgan o‘qituvchining
maqsadi va
talabalarning vazifalari orqali aniq ravshan belgilab berish pedagogik
texnologiyaning asosini tashkil qiladi.
1997 yil avgust oyida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»da
O‘zbekiston yoshlarining raqobatbardosh bilimli bo‘lishi, jahon andozalari
darajasiga erishish va davlat standartlari asosida tayyorlash vazifasi qo‘yilishining
*
*
I.A. Karimov. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.: O‘zbekiston. 1998, 165bet.
4
o‘zi, iqtisodning barcha sohalarida yangi mutaxassislarni va ixtisoslashgan
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga qaratilgandir.
Bunday jahon andozalariga mos keladigan va Respublikamiz milliy
qadriyatlarini o‘zida mujassam eta oladigan mutaxassis kadrlar tayyorlash oliy
o‘quv yurtlari zimmasiga yuklatiladi. Bu esa oliy o‘quv
yurti zimmasiga barcha
umumiy yo‘nalishga oid fanlar, ilg‘or texnika-texnologiya bilan bir qatorda
zamonaviy moliyaviy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqaruvga oid bilimlarni o‘qitishni
tubdan yaxshilash va takomillashtirish vazifasini qo‘yadi.
Korxonalar va ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish davr talabiga
aylanib borayotgan bir paytda zamonaviy iqtisodiy fanlar qatoridan o‘rin olgan
biznes va tadbirkorlikka oid fanlarni o‘qitish muhim o‘rin tutadi. Ishlab chiqarish
salohiyatini mustahkamlash Respublikani yanada samarali rivojlantirish uchun
ishonchli asoslardan biridir.
Respublikada qudratli va bir qancha nodir sanoat korxonalari barpo etilgan va
ishlab turibdi. Ular sanoatning deyarli barcha tarmoqlari - og‘ir sanoat, mashinaso-
zlik, samolyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatidan tortib, engil sanoat va qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini
qayta ishlash sanoati, fan bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab
chiqarish tarmoqlarigacha barcha turdagi ishlab chiqarish sohalarini qamrab olgan.
Mavjud ulkan resurslar, aql-zakovat va ishlab chiqarish potensiali hamda shu
soha ilmini mukammal egallagan mutaxassis kadrlar respublikada iqtisodiyotni
yangilash, uni rivojlantirish yo‘liga o‘tkazishga doir islohotlarni amalga oshirishga
yordam beradi.
Hozirgi kunda har bir rahbar xodim korxonalar faoliyati samaradorligi aso-
sini tashkil qiladigan asosiy va yordamchi ishlab chi-qarish jarayonlarini tashkil
qilish, texnika - texnologiyani zamon talablari asosida takomillashtirishda inno-
vatsion qarorlar qabul qilish va boshqarish kabi bilimlarga ega bo‘lishi zarur.
Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish davr
talabiga aylanib borayotgan
bir davrda kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil qilishning tashkiliy-
huquqiy asoslari, muammolarni bartaraf qilish yo‘llarini bilish talab etiladi.
Shu munosabat bilan mazkur darslikda korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil
qilish, kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil qilishga doir masalalarni im-
kon qadar kengroq yoritishga harakat qilindi.
Darslikni tayyorlashda o‘zlarining qimmatli fikr-mulohazalarini bildirgan
taqrizchilar iqtisod fanlari doktori, professorlar Sh.Zaynuddinov va M.Adhamov-
larga shuningdek, “Menejment”
kafedrasi mudiri, dotsent Х.G’oziyev, dotsent
A.Soliyevlarga muallifllar chuqur minnatdorchilik bildiradilar.
Mualliflar darslikni ilk bor nashrga tayyorlanganligi va kamchiliklardan holi
emasligini nazarda tutib, bildirilgan fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul
qiladilar va kelgusi nashrlarda ularni inobatga oladilar.