Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/197
Sana28.06.2022
Hajmi2,17 Mb.
#712752
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   197
Bog'liq
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish (1)

 
2.3. Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha
mas’uliyatli jamiyat 
Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar tijorat tash-
kilotlarining eng ko‘p tarqalgan tashkiliy-huquqiy shirkatlaridan biri bo‘lib, 
huquqiy va jismoniy shaxslar bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanishlari uchun tuzilgan uyushmadir. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
 
deb
, bir yoki bir necha shaxs tomonidan 
ta’sis etilgan, nizom fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi 
ulushlarga ega bo‘lgan jamiyatlarga aytiladi (2.3-rasm). 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat a’zolari uning majburiyatlari bo‘yicha 
javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari 
qo‘shgan hissalari qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. 
Mas’uliyati 
cheklangan 
jamiyatning 
huquqiy 
mavqei, 
uning 
ishtirokchilarining huquq burchlari O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik 
kodeksi hamda boshqa qonunlar bilan belgilanadi. Mas’uliyati cheklangan 
jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek, mas’uliyati cheklangan 
degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning va 
yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning huquqiy mavqei, uning ishtirokchilarini 
huquq va burchlari O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik kodeksida «Xo‘jalik 
jamiyatlari va shartlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunida 
belgilangan. 
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis 
etilgan, nizom fondi ta’sis hujjatlarda belgilangan miqdorlaridagi ulushlarga 
bo‘lingan jamiyat qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat hisoblanadi (2.4-rasm). 
Bunday jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-
mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, 
jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan tarzda subsidar javobgar bo‘ladilar. 
Ishtirokchilardan biri nochor bo‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari 
bo‘yicha javobgarligi boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga 
munosib ravishda taqsimlanadi. 
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini 
shuningdek, qo‘shimcha mas’uliyatli degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. 
Korxonaning mas’uliyati cheklangan jamiyat haqidagi qoidalari, agar ushbu 
moddada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lsa, qo‘shimcha mas’uliyatli 
jamiyatga nisbatan ham qo‘llaniladi. 
Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatda: 
1.
Miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab beriladigan ulushlarga bo‘lingan 
nizom fondiga ega, hamda majburiyatlar yuzasidan o‘z mol-mulki doirasidagina 
javobgar bo‘lgan jamiyat mas’uliyati cheklangan jamiyat deb e’tirof etiladi. 


21 
Jamiyat qatnashchilari qo‘shgan hissalari doirasida javobgar bo‘ladilar. 
Miqdori ta’sis hujjatlarda belgilab beriladigan ulushlarga bo‘lingan nizom fondi 
bor jamiyat qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat deb e’tirof etiladi. 
Bunday jamiyatning mol-mulki kamlik qilgan taqdirda jamiyat 
qatnashchilari uning majburiyatlari yuzasidan o‘z mol-mulklari bilan ham, barcha 
qatnashchilar uchun teng miqdorda, qo‘shgan hissalariga monand summada javob 
beradilar. 
Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tadigan paytgacha qatnashchilarning har biri 
ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan hissaning kamida o‘ttiz foizini kiritishi shart, bu 
bank muassasalari bergan hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Qatnashchi o‘z hissasini 
jamiyat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin bir yil ichida to‘liq qo‘shishi shart. Ushbu 
majburiyat belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda qatnashchi, basharti ta’sis 
hujjatlarida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, muddati o‘tkazib 
yuborilgan vaqt uchun to‘lanmagan summadan olinadigan yillik daromadning 
yigirma besh foizini to‘laydi. 
Jamiyat o‘z hissasini to‘liq to‘lagan qatnashchisiga guvohnoma beradi, bu 
guvohnoma qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kirmaydi. 
Hissa sifatida kiritilgan mol-mulk qiymatining o‘zgarishi va ta’sis 
hujjatlarida belgilangan hollarda jamiyat yuqori idorasining qaroriga binoan 
qatnashchilar tomonidan kiritilgan qo‘shimcha badallar jamiyatning nizom 
fondidagi ulushlari miqdorida ta’sis etilmaydi.
2.
Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning 
qatnashchilari qolgan qatnashchilarning roziligi bilan o‘z ulushini (ulushning bir 
qismini) shu jamiyatning bir yoki bir necha qatnashchisiga yohud uchinchi 
shaxslarga berishi mumkin. Jamiyat qatnashchilari ana shu ulushni (uning bir 
qismini) jamiyat nizom fondidagi o‘z ulushlariga mutanosib tarzda sotib olishda 
ustuvor huquqdan foydalanadilar. Ulushni (uning bir qismini) jamiyat 
qatnashchilarining manfaatlari qanoatlantirilgandan keyingina, uchinchi shaxslarga 
berish mumkin bo‘ladi. Bunday hollarda uchinchi shaxs uning huquqiy vorisiga 
aylanadi. 
3.
Qatnashchining ulushini o‘z hissasini to‘liq kiritib bo‘lganidan keyingina 
jamiyatning o‘zi sotib olishi mumkin. Bunday hollarda jamiyat ulushni boshqa 
qatnashchilarga yoki uchinchi shaxsga uzog‘i bilan bir yil muddatga berishi shart. 
Ana shu davr mobaynida foydani taqsimlash, shuningdek yuqori idorada ovoz ber-
ish va kvorumni aniqlash jamiyat tomonidan sotib olingan ulushni nazarda tutil-
magan holda amalga oshiriladi. 
4.
Qatnashchi mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat 
tarkibidan chiqqan taqdirda unga nizom fondidagi ulushiga mutanosib tarzda 
jamiyat mol-mulki bir qismining qiymati to‘lanadi. Jamiyatdan chiqqan 
qatnashchiga jamiyatdan chiqquniga qadar jamiyat o‘sha yili orttirgan foydaning 
unga tegishli qismi to‘lanadi. Qatnashchi jamiyatga faqat foydalanish uchungina 
bergan mol-mulk natura holida eskirib ishdan chiqishini inobatga olgan holda 
mukofotsiz qaytariladi. 


22 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish