Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


 Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatni



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/197
Sana28.06.2022
Hajmi2,17 Mb.
#712752
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   197
Bog'liq
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish (1)

 
2.3.1. Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatni 
boshqarish 
 
1. Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning yuqori 
boshqaruv idorasi qatnashchilarning umumiy yig‘ilishidir. Jamiyat qatnashchisi 
qatnashchilar yig‘ilishidagi o‘z vakolatini boshqa qatnashchiga yoki boshqa 
qatnashchining vakiliga berishga haqlidir. Qatnashchilar nizom fondidagi o‘z 
ulushlarining miqdoriga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladilar. 
2. Umumiy yig‘ilishning mutlaq vakolatiga:

jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, uning rejalarini va 
rejalar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash; 

jamiyat nizomini o‘zgartirish va to‘ldirish; 

ijro organi va taftish komissiyasi a’zolarini saylash, chaqirib olish ularning 
ishlash tartibini tasdiqlash; 

jamiyat, shu jumladan uning filiallari faoliyatining yillik natijalarini, 
shuningdek taftish komissiyalari hisobotlari va xulosalari, daromad 
(foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibini tasdiqlash; 

filiallar va vakolatxonalarni tashkil etish, qayta tuzish va tugatish, ular 
to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash; 


25 

jamiyatning 
boshqaruv 
organlari 
mansabdor 
shaxslarini 
mulkiy 
javobgarlikka tortish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; 

rusum-qoidalar va jamiyatning boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlash, 
jamiyatning tashkiliy tarkibini belgilash; 

nizom fondini o‘zgartirish; 

jamiyatni boshqarish organlari, uning filiallari va vakolatxonalari mansabdor 
shaxslari mehnatiga haq to‘lash shartlarini belgilash; 

jamiyat faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish 
komissiyasini tayinlash, tugatish balansini tasdiqlash; 

ishtirokchilar tomonidan kiritiladigan qo‘shimcha badallar miqdori, kiritish 
shakli va tartibini belgilash; 

ishtirokchining ulushini jamiyat tomonidan sotib olinishi masalasini hal et-
ish; 

jamiyatdan ishtirokchini chiqarib yuborish masalalari kiradi. 
Jamiyat nizomi tomonidan umumiy yig‘ilishning mutlaq vakolatiga boshqa 
masalalar ham kiritilishi mumkin. Jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini bel-
gilash, uning rejalarini va rejalar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash, jamiyat 
nizomini, nizom fondini o‘zgartirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar 
jamiyat qatnashchilarining 4/3 qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan, qolgan ma-
salalar yuzasidan esa oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ishtirokchini ja-
miyatdan chiqarish masalasini ko‘rib chiqilayotganda ushbu ishtirokchi yoki uning 
vakili ovoz berishda qatnashmaydi. 
3. Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning istalgan 
qatnashchisi qatnashchilar yig‘ilishlarida masalaning ko‘rib chiqilishini yig‘ilish 
boshlanishidan kamida 25 kun avval ko‘targan bo‘lsagina, talab qilishga haqlidir. 
4. Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat qatnash-
chilarining yig‘ilishi har yili kamida ikki marta chaqiriladi. Qo‘shib hisoblanganda 
ovozlarning 20 % dan ko‘prog‘iga ega bo‘lgan jamiyat qatnashchilari istalgan pay-
tda va har qanday sababga ko‘ra navbatdan tashqari yig‘ilish chaqirishini talab qi-
lishga haqlidir. Agar jamiyat raisi ushbu talabni 20 kun mobaynida bajarmasa, 
ularning o‘zlari qatnashchilarining yig‘ilishini chaqirishga haqlidirlar.
5. Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatda hay’at 
yo‘sinidagi yoki yakkaboshchilik tarzida ijroiya idorasi tuziladi, u jamiyatning 
kundalik faoliyatiga rahbarlik qiladi. Jamiyat ijroiya idorasi qatnashchilar 
yig‘ilishiga hisobot berib turadi va uning qarorlari bajarilishini tashkil etadi. 
6. Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat 
ma’muriyatining moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish komissiyasi nazorat qilib bora-
di. Taftish komissiyasi ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tarkibda tuziladi. 
Ma’muriyat a’zolari taftish komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas. 
7. Taftish komissiyasi jamiyatning mansabdor shaxslardan o‘zi uchun zarur ma-
teriallarni, buxgalterlik yoki boshqa hujjatlarni hamda shaxsiy izohnomalarni talab 
qilib olishga haqlidir. Taftish komissiyasining a’zolari jamiyat ijroiya idorasining 
majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadi.


26 
8. Taftish komissiyasi o‘zi o‘tkazgan tekshiruv natijalarini jamiyat ijroiya 
idorasiga va jamiyat yig‘ilishiga yo‘llaydi. Taftish komissiyasi yillik hisobotlar va 
balanslar yuzasidan o‘z xulosasini beradi. Jamiyat qatnashchilarining yig‘ilishi ja-
miyat balansini ana shunday xulosasiz tasdiqlashi mumkin emas. 
9. Taftish komissiyasi, basharti jamiyatning muhim manfaatlari uchun xavf yu-
zaga kelgan yoki jamiyatning mansabdor shaxslari suiste’molliklar qilganligini 
aniqlagan taqdirda, qatnashchi-larning navbatdan tashqari yig‘ilish chaqirilishini 
talab qilishlari mumkin. 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish