16
2.1.4. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish
Korxonani tugatish va qayta tashkil etish (birlashtirish, qo‘shish, bo‘lib
yuborish, ajratish, qaytadan tuzish), korxona mol-mulki
egasining yoki shunday
korxonalarni tuzishga vakolatli bo‘lgan idoralar qaroriga binoan, yohud sud yoki
xo‘jalik sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Singan korxonalarni tugatish
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
1.Korxona olti oy mobaynida moliyaviy - xo‘jalik faoliyatini amalga oshirma-
gan taqdirda tugatiladi va soliq organlari taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston
Respublikasining Adliya Vazirligi hamda joylardagi
davlat hokimiyati organlari
tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatidan chiqariladi.
2. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish chog‘ida ishdan bo‘shatilayotgan
xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ularning huquqlari va
manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beriladi.
3. Korxona davlat ro‘yxati reyestridan chiqarib yuborilgan paytdan boshlab
qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi.
4. Korxona
boshqa korxona bilan qo‘shilgan taqdirda mazkur korxonalarn-
ing har biriga taalluqli barcha mulkiy huquqlar va majburiyatlar qo‘shilishi na-
tijasida vujudga kelgan korxonaga o‘tadi.
Bir korxonaning boshqa bir korxonaga qo‘shilishi chog‘ida uning barcha
mulkiy huquqlari va majburiyatlari qo‘shib olgan korxonaga o‘tadi.
5. Korxona bo‘lib yuborilgan taqdirda qaytadan tashkil etilgan korxonaning
mulkiy huquqlari va majburiyatlari ana shu bo‘lib
yuborish natijasida vujudga
kelgan yangi korxonalarga bo‘lib yuborish hujjatlari (balansi)ga muvofiq tegishli
qismlarda o‘tadi.
Korxonadan bitta yoki bir nechta yangi korxonani ajratib chiqarish chog‘ida
qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy huquqlari, majburiyatlari bo‘lib
yuborish hujjati (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda ularning har biriga o‘tadi.
6. Bir korxonani boshqa korxona qilib o‘zgartirish chog‘ida avvalgi korxonan-
ing barcha mulkiy huquqlari va majburiyatlari qaytadan tashkil etilgan korxonaga
o‘tadi.
Korxonani tugatishni, mulkdor yoki mazkur mol-mulkni boshqarishga vako-
latli organ tuzadigan tugatish komissiyasi amalga oshiradi, bankrotlik hollari bun-
dan mustasno. Xo‘jalik sudi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt bankrotligi
to‘g‘risida qaror qabul qilinganda tugatish komissiyasini
shakllantirish va uning
ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risidagi qonuni» bi-
lan belgilanadi.
Bankrot korxonalarni qayta tashkil etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan mulkdor sud (xo‘jalik sudi)
yoki korxonani barpo etishga vakolatli bo‘lgan idora tugatish tartibi va
muddatini, shuningdek qarz berganlarning da’vo qilish muddatlarini bel-
gilaydi. Bu muddat tugatish e’lon qilingan kundan boshlab ikki oydan kam
bo‘lmasligi kerak.