Shaxrizni va MTT sonini yozas maktabgacha ta’lim tashkiloti katta guruh tarbiyachisi Ra’no Bahadirovnaning “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
11 .11. 2022 yil _________shahar
Qatnashdilar:
DMTT uslubchisi A. Botirova, tarbiyachilardan O. Asadova, K. Berdiboyeva va 03-katta guruhning 25 nafar tarbiyalanuvchi
Jami: 29 nafar
KUN TARTIBI:
Tadbirni tashkilot uslubchisi A. Botirova ochib berdi va bugungi kunning dolzarb mavzusi bo’lgan “Giyohvandlik” haqida gapirib o’tdilar.
Katta guruh tarbiyachisi Ra’no Bahadirovnaning “Giyohvandlik asr vabosi” nutqi
Boshqa masalalar
Tadbirni tashkilot uslubchisi A. Botirova ochib berdi va bugungi kunning dolzarb mavzusi bo’lgan “Giyohvandlik” haqida gapirib o’tdilar. Kelajagimiz bo’lgan yosh avlod yomon illatlar va ularning salbiy oqibatlarini bilishlari lozim ekanligini yana bir bor ta’kidladilar.
Shundan so’ng navbat katta guruh tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan tadbir mavzusiga mos rasmlar izohi bilan tanishtirib o’tildi. Tarbiyasi Ra’no Bahadirovnaga so’z berildi. O’z so’zida quyidagicha fikrlarni bildirib o’tdilar:
-Keyingi asrlarda butun kurrai zaminga keng tarqalgan bir illat bugungi kunda hammamiz uchun tashvish bo'lmoqda. Bu illat – giyohvandlik.
Giyohvandlik nafaqat bu illat bilan shug'ullanuvchilarga, balki butun jamiyatga tahdid soladi. Shuning uchun ham har yili 26 iyun` Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni deb e'lon qilingan.
Bu borada Respublikamizda ham doimiy ravishda tadbirlar o'tkazilib borilyapti. Jumladan, oliy o'quv yurtlarida, litsey va kollej, maktab va boshqa o'quv muassasasalarida barcha soha vakillari hamkorligida tadbirlar o'tkazilib, yoshlar o'rtasida tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Inson uchun eng bebaho boylik – bu sog'lik-salomatlikdir. Uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilgan. Islom dinida ham inson joni, aqli va sihat-salomatligini saqlash, muhofaza etish eng muhim maqsadlardan bo'lib hisoblanadi.
Insonning e'tiqodi kuchli, mustahkam bo'lishi bilan birga tani, jismi ham sog', chiniqqan, har qanday qiyinchilik va mashaqqatlarga bardosh bera oladigan bo'lmog'i lozim. Giyohvandlik illati bugungi kunda dunyo hamjamiyatining dolzarb muammosiga aylandi. Turli soha mutaxassislari ushbu ijtimoiy muammo bo'yicha ish olib bormoqdalar. Giyohvandlikka qarshi kurashish yuzasidan mahalliy va xalqaro tashkilotlarning barchasi insoniyatni, xususan yosh avlodni bu xatarli balodan saqlab qolish tashvishida keng ko'lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda giyohvandlikka qarshi kurashish har birimizning vazifamizdir.
Giyohvandlikning kishilar sog'lig'iga, oilalarga, iqtisodga, odob-ahloqqa, umuman inson hayotining barcha sohalariga solayotgan tahdidi kun sayin, soat sayin ortib bormoqda. Giyohvandlik yoki bangilikning boshlanishi va kelib chiqishiga sabab bo'lgan omillar haqida to'xtalganda quyidagilarga e'tibor qilish lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |