Pechda elektrodlar joylashuvi (moslashuvi).
Hozirgi zamon po’lat eritish yoy pechlarda umumiy qabul qilingan elektrodlar joylashuvi uchburchak teng tomonlari eng cho’qqisida aniqlanadi: bunda elektrodlar diametri tushishi DT ishchi maydon diametri D1 nisbatiga teng.
8-rasm. Elektr yoy pechi elektrodlari joylashuvi (a) va alohida fazalar yuklanishining notekis taqsimlanish koeffitsienti qiymatlari (b).
dp/D1 nisbat to’g’riligi, pech devorining qiyalik sathi bir tekis isitilishi bilan ta’minlanadi. (koeffitsient qiymati n 0,75 : 0,80 bo’lganda) va koeffitsientlar elektrodlar orasidagi masofaga rioya qilinsa to’g’ri bo’ladi. Bunda elektrod zichlagichlar va elektrod ushlagichlar yetarli darajada joylashtiriladi.
Po’lat eritish yoy pechlarda issiqlik manbai nuqtasi elektr yoylar hisoblanadi. Elektr yoy sathidagi, ichki devor sathidagi har qanday tashkil etgan nuqta uchun, issiqlik nurlanish zichligini taxminan shunday hisoblasa bo’ladi.
, kVt/m2
bu yerda: PD – yoy kuchlanishi kVt;
r – elektrod markazidan nurlanish sathigacha bo’lgan masofa, m.
Uch yoydagi nuqtadan issiqlik nurlanish eng katta zichligi A.
, kVt/m2
B nuqtadagi eng kichik issiqlik nurlanishi
, kVt/m2
Notekis taqsimlanish koeffitsienti n=qB/qA. bu tenglamalardan a, b, c koeffitsientlar alohida yoy kuchlanishlarni yoy kuchlanishlar o’rtacha qiymatlari nisbatini ko’rsatadi. Kichik pechlar uchun abc , katta pechlar uchun a=1,2; 1,3; b=1,0; c=0,8:0,7.
Umumiy issiqlik nurlanishi 160-280 kVt/m2 orasida bo’ladi. Unga katta bo’lmagan konstruksiyali pechlar uchun dp/D1 nisbatini 0,37-0,40 deb qabul qilamiz (ayniqsa uchburchak elektrodlar uchun). Kattaroq hajmli pechlar uchun devorlarni bir tekis isitish 0,25-0,30 nisbatni ta’minlab beradi.
Ba’zi yoylarda kuchlanish notekis taqsimlanishi bir fazadan boshqa fazaga olinganda kabel va minalarning bir yassi tekislikda joylashuvi bilan tushuntiriladi. Bunda pechga tok transformator orqali keladi.
Unga katta bo’lmagan pech tepasini futerovka qalinligi 230-300 mm ni tashkil etadi, katta pechlar uchun bu qiymat 380-460 mm ni tashkil etadi. Katta hajmdagi pechlar uchun qiyalik sathidagi umumiy devor qalinligi 600-700 mm ni tashkil etadi, xususan o’tga bardoshli qismi umumiy devor qalinligining 60-70 % ni tashkil etadi. P – pod umumiy qalinligi amaliy jihatdan quyidagi formula bilan hisoblanadi:
P=0,4G1/6 m.
Bu yerda: G – pechning nominal hajmi.
Elektromagnit aralashtirgichli pechlar uchun pech ustining umumiy qalinligi 800-900 mm dan oshmasligi kerak.
Po’lat eritish yoy pechlarining yaxshi ishlashini ta’minlashda vanna chuqurligi katta ahamiyatga ega. Agar chuqurlik unga katta bo’lmasa, pechning ustki qatlamini va ishchi maydonni diametrini oshirish kerak. Bunda issiqlik beruvchi pech yuzasi oshadi va bunda issiqlik yo’qotish bo’ladi. Juda chuqur vannalarda vannaning nisbiy reaksion yuzasi kamayadi (bunda metall va shlak yuzasi to’qnashadi, metall massasi hajm birligiga tegishli bo’ladi) va metallurgik jarayonlar va metall eritish sekinlashadi.
Elektromagnit aralashtirgichlar o’rnatilishigiga sabab, 780-800 mm va undan ortiq chuqurlikdagi vannalarda metall desulfuratsiya darajasi kamayadi.
Hozirgi zamon yoy pechlari hajmi G taxminan bo’lsa ham vanna chuqurligiga bog’liq.
H=A G0,25 m.
Asosiy pechlarda A koeffitsient 0,31-0,345 va nordon pechlar uchun 0,38 ni tashkil etadi. Balandlik H=(0,12; 0,15) Nm. Metall vanna chuqurligi odatda h=(0,87; 0,89) Nm ni tashkil etadi. Vanna hajmini hisoblashda suyuq po’lat zichligini 6700-7200 kg/m2, suyuq shlakni zichligini 2900-3200 kg/m3 deb qabul qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |