Nazariy savollar
Elektr pechlar nimalarga asosan sinflarga bo’linadi?
Nima uchun elektr pechlar qo’llanadi?
DSP-100 nimani anglatadi?
6-MA’RUZA
Mavzu: Yoyli po’lat eritish pechining ishchi maydonini asosiy o’lchamlarini hisoblash. Yoyli po'lat eritish pechlarning elektrodlari.
Reja:
1. Ishchi qismining shakli va o’lchamlari.
2. Yoyli po’lat eritish pechining ishchi maydonini asosiy o’lchamlarini hisoblash.
3. Yoyli po'lat eritish pechlarning elektrodlari.
Tayanch iboralar: shixta yuklash, indiksion pech,marten pechi, elektr pechlar, qarshilik pechlari, yoyli pechlar, shlak qayta eritish plazmali pechlar, pech tubi, elektrod, devor qalinligi.
Hozirgi zamon po’lat eritish yoy pechlarining asosiy o’ziga xos xususiyatlari:
Pechning yuqori qismidan mexanizatsiyali yuklash;
Alohida ish jarayonlarini mexanizatsiyali uzatish;
Ikkilamchi kuchlanish bosqichida o’zgarishni keng diapazonli pech transformatori kuchlanishni kamaytirib ta’minlashi;
Eritish jarayonida elektrod aralashuvi avtomat boshqarilishida;
Metallning elektromagnit aralashuvi.
6-jadval. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida (MDH da) ishlab chiqarilgan pech tavsiflari.
6-jadval.
Sonlar tavsifi
|
Me’yoriy hajm , T
|
50
|
100
|
200
|
1. Pech transformatorining me’yoriy kuchlanishi.
|
20
|
32
|
50-08
|
2. Transformator ikkilamchi yuklamasi chegarasi.
|
430-116
|
480-150
|
|
3. Elektrod eng katta toki.
|
26,9 kA
|
38.5 kA
|
43.3 kA
|
4. Grafitlangan elektrod diametri, mm
|
500
|
550
|
|
5. 1 tonna shixta eritilgandan nisbiy elektroenergiya sarfi.
|
440
|
415
|
400
|
Hamma pechlarda yuklash bariy yordamida mexanizmlar orqali yuklatiladi, bunda yuklangan to’plam vertical o’q bo’ylab 90o burchakka aylanadi. Taglik ishdan chiqmasligini oldini olib va eritsh jarayonini tezlatish uchun pechning ustki himoya qatlamini futerovka bilan aylantirish mexanizmi bilan hamma pechlar ta’minlangan.
Barcha pechlar metallni elektromagnit aylantirish moslamasi bilan jihozlangan.
Ishchi maydon shakli va o’lchamlari
Uzoq muddat po’lat eritish elektr yoy pechlar silindr qatlam bilan qoplanib tayyorlangan. Pech devorlarining o’tga bardoshli futerovkasini g’isht bilan yashirish bu yerda nordon futerovka) yoki pech tagiga quritilgan va to’ldirilgan bloklar o’rnatilgan: bloklar magnezit, dolomite, toshko’mir qum aralashmasidan tayyorlangan.
Po’lat yoy pechlarda tezlik bilan po’lat eritish kerak bo’lib qolsa, pech devorlarining mustahkamligi yetarli bo’lmagan. Shuning uchun kuchlanishni oshiruvchi transformator qo’llaniladi. Pech devoir futerovkasidagi eng nozik joy, pechning past belbog’i hisoblanadi. Pechning past belbog’i, pechning yoyi bilan bir xil sathda turadi.
Shuning uchun oxirgi yillarda po’lat eritish yoy pechlarining devor futerovkasi uchun boshqa konstruksiyali pechlar ishlab chiqarilmoqda. Ba’zi hollarda faqatgina pech qatlamining shakli o’zgartiriladi, xolos.(silindrsimon o’rniga konussimon, silindrsimon shakl o’rniga yana boshqa shakllar va hokazo). Hozirgi zamon silindr konussimon qatlamli po’lat eritish yoyli pech futerovkasi moslamasi sxemasi 2-rasmda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |