Yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashning ilmiy nazariy asoslari



Download 475 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana05.04.2022
Hajmi475 Kb.
#530170
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yoshlarni-milliy-qadriyatlarga-sodiqlik-ruhida-tarbiyalashning-ilmiy-nazariy-asoslari

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI 
Barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy qadriyatlar va urf-odatlardan 
foydalanish bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayoni oldida turgan eng dolzarb 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda qadim tarixdan 
bizga me’ros bo’lib kelayotgan bu betakror an’ana, qadriyat va marosimlar, milliy
qadriyatlar va urf-odatlarni o‘rganish hamma davrlarda ham olimlar oldida muhim 
vazifalarni bajarish zaruratini qo‘ygan.
Bu borada yoshlarni milliyligimiz bilan tarbiyalab borish, yevropa madaniyatini 
keng tarqalib ketishini oldini olish mavzularida J.Hasanboyev, M.Turopova,
O.Hasanboyeva, A.Mavrunov, U.Qoraboyev va boshqalarning ilmiy ishlari va 
maqolalarini eslatib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
TAHLIL VA NATIJALAR 
Xullas, bu yo’nalishda sezilarli vazifalar amalga oshirildi. Ammo, hali bu 
borada qilinadigan ishlarning ko’lami ham kengayib bormoqda. 
Birinchidan, 
millatimiz tarixi bilan bog’liq bo’lgan urf – odat va an’analarni 
tiklash, ularni yoshlarimiz ma’naviy boyliklariga aylantirish; 
Ikkinchidan
, millatimiz istiqboli, uning xususiyatlari oldida turgan vazifalarini 
xal qilishga xizmat qiladigan yangi urf – odatlar va an’analarini shakllantirish ; 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1398 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
Uchinchidan, 
milliy xususiyatlarimizga zid bo’lgan, tashqaridan yopirilib 
kelayotgan urf-odat va an’analardan yoshlarimizni asrash kabilardir. 
Tashqaridan qaraganda ular oddiy jarayon sifatida sodir bo’layotganday 
ko’rinsada, aslida ularning yoshlar ongida “joylashib” olishi kelajakda tuzatib 
bo’lmaydigan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Ayniqsa, bugun yoshlarimiz xorijliklarning kiyinishi, yurish turishi, muomala 
madaniyatlarini ko’r - ko’rona o’zlashtirib olayotganligi milliyligimizga salbiy ta’sir 
o’tkazishi mumkinligi xavotirli jarayon ekanligini alohida ta’kidlash lozim
1

Albatta, gap bugungi yoshlarimizning o’z ota - bobolari kabi kiyinishi yoki 
ulardan tashqariga chiqmasligi haqida borayotgani yo’q
2
. Hamma muammo yoshlar 
o’zgalarning kiyinishi, muomala qilish, yurish - turish odatlarini ko’r - ko’rona qabul 
qilmasligi lozim ekanligi haqida bormoqda. 
Aslida yoshlarimizning o’z milliy kiyinishimizni zamon ruhiyati va ehtiyoji 
talabidan kelib chiqqan holda rivojlantirish va uni jahonda ommaviylashuviga o’z 
hissalarini qo’shishlari zarur. Biz jahondagi ko’pgina xalqlar ega bo’lmagan buyuk 
davlatchilik tariximiz, o’z ajdodlarimiz, urf- odatlarimiz va an’analarimizga, 
qadriyatlari bilan dunyoda alohida o’ringa ega bo’lgan xalqmiz. 
Mustaqiligimiz sharofati bilan ularni qayta tiklayotgan bir sharoitda 
o’zgalarning urf-odat, an’ana va kiyinish madaniyatini qabul qilishga intilish, boy 
milliy ma’naviyatimizga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. 
Jumladan, kiyinish insonning ichki dunyosini, ruhiyatini o’zida aks ettiradi. 
To’g’ri, hamma chiroyli kiyinganlar ma’naviyati yuksalgan komil insonlar, - deb 
bo’lmaydi
3
. Ammo, did, farosat , hayo bilan kiyinish insonning ichki dunyosi bilan 
bog’liqligini ham inkor qilib bo’lmaydi. Yoshlarimizning milliy urf - odat va 
an’analarimizni egallashlarida turli vaqtli matbuot, radio va televideniening rolini 
ham alohida ta’kidlash lozim bo’ladi. 
Maqsad bitta - xalq qadriyatlarini e’zozlash, poklikni asrash- avaylash, 
poraxo’rlik, davlat lavozimini suiiste’mol qilish, talon-taroj, ko’zbo’yamachilik kabi 
illatlardan xalos bo’lish, halol va kelajagi buyuk bir jamiyat yaratish. 
Yoshlarda milliy qadriyatlarni shakllantirish va ularning ongida shu 
qadriyatlarga mas’ullik hissini uyg’otish maqsadida quyidagi takliflarni beramiz: 
1
О,П,Умурзоқов. Умуминсоний қадриятлар: миллий анъана ва урф-одатлар такомиллашмоқда. // Ўзбекистонда 
ижтимоий фанлар, 1992 №2. 
2
Э.Ю.Юсупов. Кадриятлар ва уларнинг жамият ҳаётидаги аҳамияти. Т.: 1994 й. 86-87-б. 
 
3
Назаров Қ. Аксиология (Қалриятлар фалсафаси) Т; “Академия”. 2011 й. 54-б. 



Download 475 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish