AT sohasini rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasida qilinayotgan ishlar Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o’rin tutib kelmoqda. O’tgan yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o’z natijalarini ko’rsatmoqda. Aynan mana shu maqsadni ko’zlab barpo etilgan dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park)ning rezidentlari hisoblangan 416 ta tashkilotda bugun besh ming nafardan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Eng muhimi, ushbu tashkilotlarning 14 tasi xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan bo’lsa, 54 tasi yangi ochilgan.Toshkent shahrida IT-Park rezidentlari sonini ko’paytirish va yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida umumiy maydoni 408 ming kv. m.ga teng hududda xorijdan jalb qilingan ekspertlar bilan hamkorlikda IT-Park infratuzilmasi obyektlarini qurish konsepsiyasi ishlab chiqilib, qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. IT-Parkning hududiy filiallarini tashkil etish bo’yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo’shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo’yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.Bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va uning hududiy filiallarida bugungi kunda1000 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. TATUda 2020/2021 o’quv yilida yangi Raqamli iqtisodiyot bakalavr ta’lim yo’nalishi hamda 8 ta yangi magistratura mutaxassisligi ochildi.Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan TATU tuzilmasida O’zbek-Belarus qo’shma fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 o’quv yilida 505 nafar talaba qo’shma fakultetning birinchi bosqichini yakunladi.2020/2021 o’quv yili uchun qo’shma fakultetga 500 nafar talaba qabul qilindi.
TATU 2019 yilda Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida qiymati 998 ming yevro bo’lgan 2 ta yangi loyihalarda ishtirok etishni boshladi hamda ushbu loyihalar 2019-2021 yillar davomida amalga oshirilishi belgilangan. Natijada bugungi kunda umumiy qiymati 1,7 mln. AQSh dollari bo’lgan 9 ta “Erasmus+” dasturi doirasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.TATUda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi 7 ta ixtisoslik bo’yicha doktorlik dissertatsiyalar himoyalarini o’tkazadigan 2 ta ilmiy kengash faoliyat yuritmoqda.Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilgan va o’z faoliyatini 2019/2020 o’quv yilidan boshlagan Toshkent shahrida Amiti universitetiga xorijiy mamlakatlardan 17 nafar PhD darajasiga ega professor-o’qituvchilar jalb qilingan bo’lib, 2019/2020 o’quv yilida 498 nafar talaba birinchi bosqichni yakunladi. Toshkent shahridagi Amiti universitetiga 2020/2021 o’quv yili uchun kirish imtihonlari to’liq onlayn shaklda tashkil etilib, 384 nafar talaba qabul qilindi.Bugungi kunda Toshkent shahridagi INHA universitetida 51 nafar professor-o’qituvchi va assistent faoliyat yuritib, talabalarning umumiy soni 1506 nafarni tashkil etadi. Toshkent shahridagi INHA universitetiga 2020/2021 o’quv yili uchun kirish imtihonlari to’liq onlayn shaklda tashkil etilib, 420 nafar talaba qabul qilindi.Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning3-tashabbusi doirasida Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek, ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida respublika bo’yicha 102 ta Raqamli texnologiyalar o’quv markazlari tashkil etildi.