140
davri va qulay fiziologik kursatkichlar o’quvchilarda ikkinchi uchinchi
darslsrda kuzatiladi, ( seshanba, chorshanba kunlari o’quvchi eng yuksak
optimal ish qobiliyatiga ega bo’ladi ): 4 – darda charchashning dastlabki
belgilari paydo bo’ladi:
mehnat qobiliyatining o’ta past darajasi oxirgi darslarda ya’ni
5 – 6 soatlarda, ayniqsa xaftaning ohirgi juma, shanba kunlarida
kuzatiladi. Shuning uchun asab zuriqishini talab qiladigan matematika,
fizika, kimyo, chet tili darslari 2 – 3 soatlarga qo’yilishi kerak.
Gigienistlar dars jadvalini tuzayotganda o’tiladigan fanning
qiyinlik darajasini hisobga olish juda muhim ekanligini aytishadi.
Darslarni qiyin va osonga bo’lish shart, bunda dars mazmuni,
o’qituvchining dars berish mahorati, o’qituvchining shu fanga qiziqishi
va aktivligi, o’qituvchining o’quvchilar bilan muomilasi va boshqalar
e’tiborga olishini kerak.
Jismoniy tarbiya va mehnat darslari o’quvchilar nerv sistemasi,
ish qobiliyati muhim rol o’ynadi. Shuning uchun o’rta yuqori
sinflarda mehnat va fizkultura darslari 4 – soatga qo’yiladi. Shunda
o’quvchilar 5 – 6 soatlarga charchamaydi. Matematika, fizika, kimyo,
yozmaishlari o’quvchilar nerv sistemasi tinch ish qobiliyati eng yuqori
bo’lgan soatlarda seshanba chorshanba kunlari 2 – 3 soatlarda olishini
kerak. Juma shanba kunlari yozma ish olishini maksadga muvofik
emas, chunki o’quvchilar nerv sistemasi charchaganidan ishda k’opgina
xatolar uchraydi.
Bir hil predmetlarni ikki darsda ketma ket yoki bir biriga
o’xshash peredmetlarni ketma – ket o’tish. ( fizika, matematika, tarihdan
keyin gegorafiya va boshqalar). Og’ir darslarning bir kunda yig’ilib
qolishi gigienik jihatdan noo’rin hisoblanadi. Ayrim hollarda ona tili
va adabiyotdan insho yozilgan kuni, matematikadan va mehnatdan
yozma ish yozishga ruxsat etiladi.
Dars jadvalini tuzishda har xil predmetlarni almashtirib
o’tilishiga e’tibor beriladi. Shunday qilganda o’quvchining faoliyati bir
turdan ikkinchisiga o’tadi, natijada miya yarim sharlari po’stlogidagi
funksional hujayralarning ishchanlik qo’biliyati tiklanadi, ikkinchi signal
sistemasining ko’proq ishlatishga to’g’ri keladi.
Ishga ko’nikish davrida birinchi darsga o’rtacha qiyilikdagi
predmetni, ikkinchi va uchinchi darslarga ya’ni optimal ishchanlik
davriga qiyin predmedlarga oxirgi darslarga esa yengil predmetlarni
kiritish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: