Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi


Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/197
Sana22.08.2021
Hajmi2,17 Mb.
#153766
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   197
Bog'liq
yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi

Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari.  
 
Organizm  faoliyati  asosan  nerv  sistemasi  orqali  boshqarilib  qolmasdan, 
bundan  tashqari  gumoral  yo’l  bilan  ham  boshqarilishi  qadim  zamonlardan 
ma’lum bo’lgan. Organizm hayot faoliyatida hosil bo’lgan kimiyoviy moddalar 
qon  tomirlarga  va  hujayra  suyuqligiga  tushadi.  Hujayra  suyuqligiga  tushgan 
moddalar  organlar  faoliyatiga  ta’sir  etib,  ularni  o’zaro  munosabatlarini 
ta’minlaydi.  Odam  va  hayvon  organizmi  ko’p  sondagi  turli  xil  organlardan 
tashkil topgan bo’lib, ammo bu organlar hayron qolarli darajada, bir- biri bilan 
kelishilgan  holda  ishlaydi.  Ana  shunday  organizm  qismlarining  ajoyib 
munosabatga  bo’lib  ishlashi  natijasida  organizm  bir  butun  bo’lib  tashqi 
muhitning o’zgaruvchan yashash sharoitiga moslashadi.  
Organizm 
funksiyalarining 
doimiy 
kelishilgan 
holda 
ishlashini 
ta’minlovchi  murakkab  boshqarish  sistemasi,  uning  ichki  hayoti  va  tashqi 
muhitdagi xulq- atvoriga bog’liqdir. 
Evolyutsiya  jarayonida,  shunday  o’ziga  xos  organlar  sistemasi  hosil 
bo’ldiki,  bu  sistema  murakkab  kimyoviy  moddalar  ishlab  chiqarishga 
ixtisoslashgan  bo’lib,  hatto  hayot  jarayonlarini  ham  boshqara  oladi.  Bu  ichki 
sekretsiya bezlaridir.  
Ichki sekretsiya bezlarining chiqarish  yo’li bo’lmaydi, shuning uchun  ular 
endokrin  bezlar  deb  ataladi.  Bu  so’z  grekcha  endo-  ichki  va  krino-  ajratish, 
chiqarish  so’zlaridan  olingan.  Ichki  sekretsiya  bezlari  yoki  endokrin  bezlardan 
ishlanib  chiqqan  suyuqlik  qonga  quyiladi.  Ular  gormon  ishlab  chiqaradi.  Ichki 
sekretsiya bezlariga quyidagi bezlar kiradi: 
     - qalqonsimon bez; 

qalqonsimon bez atrofidagi bezchalar; 

ayrisimon bez; 

me’da osti bezi; 

buyrak usti bezlari; 

gipofiz; 

epifiz; 

jinsiy bezlar kiradi. 


 
148 
Me’da osti bezi va jinsiy bezlar aralash bezlar hisoblanadi, chunki ular ham 
gormon, ham sekretsiya ishlab chiqaradi. 
Ichki sekretsiya bezlari gormoni qon orqali butun organizmga tarqaladi. Bu 
gormonlar  moddalar  almashinuvini,  ya’ni  organlar  faoliyatini  kuchaytiradi  yoki 
susaytiradi.  Shuningdek  ular  kishining  jismoniy  rivojlanishiga,  ruhiy 
rivojlanishiga, balog’atga yetishiga va boshqa ko’pgina funksiyalarga ta’sir etadi.  
Ichki sekretsiya haqida tushuncha birinchi marta fiziologiyaga Klod bernar 
tomonidan  kiritilgan.  Klod  Bernar  1855-  yilda  maxsus  tekshiruv  o’tkazib, 
jigarning ovqat hazm qilish organlariga o’t suyuqligi chiqarib berishini va qonga 
glikogen chiqarishini aniqlagan. 
Sunday  qilib  ,  organizmda  tashqi  sekretsiyadan  boshqa  ichki  sekretsiya 
jarayonlari  ham  borligini  isbot  etgan  va  o’z  sekretlarini  organizm  ichiga 
chiqarib beradigan bezlarni ichki sekretsiya bezlari deb atagan.                                                                    
Ichki  sekretsiya  bezlarining  funksiyasi  vegetativ  nerv  sistemasining 
faoliyatiga  bog’liq  bo’lib,  bosh  miya  po’stlog’ining  idora  qiluvchi,  hamda 
nazorat etuvchi roliga bo’ysunadi.  
Endokrin bezlar joylashgan o’rniga ko’ra 4 ta guruhga bo’linadi: 
1.  Miya bezlari. larga epifiz va gipofiz kiradi; 
2.  Bo’yin va ko’krak qafas bezlari. Bularga qalqonsimon bez, qalqonsimon 
bez oldi bezlari va ayrisimon bez kiradi; 
3.  Qorin bo’shlig’I bezlari. Me’da osti bezi va buyrak usti bezi kiradi; 
4.  Cnanoq bezlari.  Jinsiy bezlar kiradi. 
 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish