O'smirlarning intellektual rivojlanishi
O'smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so'z boyligining oshishi xisobiga bo'lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voxea va xodisalarning mazmun moxiyatini anglashlari xisobiga bo'ladi. Bu davrda o'smir til yordamida atrof-borlixni aks ettirilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini xam belgilab berish mumkinligini xis qila boshlaydi. Aynan o'smirlik davridan boshlab, inson nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi.O'smirni ko'pincha muomalada so'zlarni ishlatish qoidalari - ""qanday qilib to'g'ri yozish kerakx" "qanday qilib yaxshrox aytish mumkinx" , "Nima deyish kerakx", kabi savollar juda qiziqtiradi. O'smirlar maktabdagi o'kituvchilar, kattalar, ota-onalar nutkidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e'tibor beradilar. Bu xolat o'smirning bir tomondan o'z nutqini nazorat etishga o'rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar xam nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o'zida mavjud xatoliklarni birmuncha barxam toptirishlariga olib keladi.
O'smir so'zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va moxiyatiga juda qiziqadi. U endi o'z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardan so'zlarni tanlab ishlatishga xarakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o'smir uchun o'qituvchi, albatta, namuna bo'lishi shartdir.
Aynan maktab ta'limi o'smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo'nalishini sifat jixatidan o'zgarishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq, oxzaki, xam yozma mavjud bo'lishi bilan kuchli vosita xisoblanadi. Maktabdagi o'quv jarayonlarining to'g'ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o'smir nutqining to'g'ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o'zlashtirishga xarakat bu o'smirnnng muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirilishiga extiyoj va intilish xisoblanadi.
O'smirlik davrida o'qish malakalari, yozma va monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o'qish to'g'ri, tez va ifodali bo'lish darajasidan, yoddan ifodali, ta'sirli aytib bera olish darajasigacha ko'tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani xayta so'zlab berishdan, mustaqi ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, oxzaki - muloxaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o'zgaradi. Yozma nutq xam yaxshilangan xolda o'smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo'yicha mustaqi xolda insho yoza oladilar. O'smirlarning nutqi to'la tafakkur bilan bog'liq xolatida amalga oshiriladi.
5-6 sinflardagi o'quvchilar oxzaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal qila oladilar.
Diqqat. Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik xilsa, o'smirlik davrida bola o'z diqqatini o'zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat xollarda o'quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. O'smir o'z diqqatini to'la ravishda o'zi uchun axamiyatli bo'lgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bo'lgan faoliyatlarga xarata oladi. O'smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo'lishi mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o'qituvchi tomonidan doimo bo'llab-xuvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko'tarish uchun bir qancha uslublar ishlab chixilgan. Shuningdek, o'smirning dars jarayonida o'z tengdoshlari orasida o'zini ko'rsatishi uchun sharoitni yaratilishi xam o'smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriyga aylanishida zamin bo'lib xizmat qilishi mumkin. Lekin, o'smirlik davrida juda qattiq charchash xolatlari xam bo'ladi. Aynan 13-14 xamda 16 yoshlarda charchash chizixi keskin ko'tariladi. Bunday xolatlarda o'smir atrofdagi narsa va voxealarga to'liq diqqatini xarata olmaydi, diqqatning ko'rinishlariga o'smirlik erishish va yo'xotish bo'yicha to'la qarama-qarshi bo'lgan davr xisoblanadi. O'smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori axamiyatga ega bo'la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o'quvchilar atrof-olamdagi boxlanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga xarakat qiladilar. Bu davrda o'smirning bilishga bo'lgan qiziqishida progress sodir bo'ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta'sirida isbot, dalillar bilan fikrlash xobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga xobiliyat paydo bo'ladi.
Maktabda o'xitiladigan fanlar o'smir uchun o'z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo'lib xizmat qiladi.
J.Piajening ta'kidlashicha, "Ijtimoiy xayot uch narsaning ta'siri - til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi". Bu borada o'zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o'z-o'zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
11-12 yoshdan boshlab o'smir endi mantiqiy fikrlab xarakat qila boshlaydi. O'smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng xamrovli tahlil etishni o'rgana boshlaydi. O'smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko'tarila olishi, o'quv materiallarini tez va chuxur egallashi uning
Do'stlaringiz bilan baham: |