“Emotsiyalar so‘qmog‘i” mashqi 20 daqiqa Maqsad. Ishtirokchilarda guruhning emotsional holatini aniqlash malakasini ishlab
chiqish.
Tarqatma materiallar . Bu mashqni bajarish uchun avvaldan quyidagi tarqatma
materiallarni tayyorlab qo‘yish kerak bo‘ladi:
1. Trening ishtirokchilariga xos bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir qancha emotsiyalar va holatlar
ro‘yxati tuzib chiqiladi (qayd etilgan emotsiyalar soni mashqni bajarish uchun ajratish
mumkin bo‘lgan vaqtga bog‘liq).
2. Har biriga katta va aniq qilib ro‘yxatdagi emotsiyalar nomi yozilgan A4 varaqlar.
•
Qiziqish •
Xursandlik •
Hayron bo‘lish •
G‘azab •
Xavotir •
Zerikish •
Aybdorlik •
G‘ashi kelish •
Loqaydlik Jarayon. Har bir ishtirokchi emotsiyalar va holatlar ro‘yxatini
oladi.
– Har biringiz mana bu emotsiyalar va holatlar ro‘yxatini oling. Siz ro‘yxatdan o‘z fikringizga ko‘ra guruhning umumiy emotsional holatini qanday ekanligini 3 ta emotsiyani tanlab, darajalab chiqing. Keyin ro‘yxatlar vaqtinchalik qoldiriladi. Shundan so‘ng trener A4 varaqlarga yozilgan
emotsiyalarni polga qo‘yadi.
– Endi Sizlar birin-ketin ana shu poldagi emotsiyalar ifodalangan varaqlarning yonidan har birining oldida to‘xtab o‘tib borasiz va aynan hozirgi paytda o‘zingiz qanday emotsiyani his qilayotganingizni anglab, o‘sha emotsiya yoki holat tagida imzo qo‘ying. Birinchi ishtirokchi “emotsiyalar so‘qmog‘i”ning yarmisiga borgandan keyin ikkinchi ishtirokchi
o‘z sayohatini boshlaydi. Barcha ishtirokchilar “so‘qmoq”ni o‘tib bo‘lgach, o‘z joylarini
egallaydilar, trener esa guruhning emotsional portretini eng ko‘p imzolar to‘plagan emotsiyalar
yordamida shakllantiradi. Hosil bo‘lgan emotsional portret ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.
Keyin har bir ishtirokchi o‘zlarining dastlabki bashoratlari (avvalgi etapda belgilagan guruh
emotsiyalari) va trener tomonidan olingan natijalar bilan solishtiradilar.
Muhokama. Trener ishtirokchilarga navbati bilan quyidagi savollarga javob berishni
taklif qiladi:
−
O‘zingizning emotsional holatingizni baholash oson bo‘ldimi? −
Sizning bashoratingiz guruhning umumiy emotsional holati bilan qanchalik aniq keldi? −
Baholashda Sizga nima yordam berdi va nima xalaqit qildi? −
Mashqni bajarishda nima qiyin bo‘ldi? −
Nima qiyinroq bo‘ldi – o‘z holatingizni baholashmi yoki guruhning emotsional fonini baholashmi? Nima uchun? Ishtirokchilar atrofdagilarning holatini baholash qanchalik muhim ekanligini muhokama
qiladilar; buni hayotda amalga oshirish qanchalik oson yoki qiyin kechishini, aniq ko‘ra bilish
uchun nima xalaqit qilishiyu nima yordam berishini muhokama qiladilar.