Rejalashtirish bosqichi
(treningdan kutilayotgan maqsad/umidlarni aniqlash)da, odatda,
ishtirokchilarga tadbir dasturi taqdim etiladi. Dastur avvaldan ma’lum bo‘lsa ham, uni muhokama
qilgan ma’qul, chunki ishtirokchilar ish tartibi va mazmunini har xil tushunishlari xavfi doim
mavjud va tushunmovchiliklarni ish boshida hal qilgan yaxshiroq.
Tanishuv bosqichi –
treningni boshlashning zaruriy qismi. Hatto qisqa muddatli tadbir
qatnashchilari ham bir-birlarining ismlarini bilishlari kerak. Trening boshlanishida o‘zi haqida
“induvidual“, nostandart, xotirada saqlanib qoladigan narsani aytish imkonini berish faqat ismlarni
eslab qolishgagina emas, balki ishtirokchilarning jipslashishi, ular orasida norasmiy muloqot
o‘rnatilishiga ham yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |