12
Trening boshlanishida ba’zi qiziqtiruvchi usullardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir, ya’ni
ishtirokchilar kutayotgan “jiddiy” mashq yoki topshiriq o‘rniga mavzuga mos, o‘ziga xos o‘xshash
yoki aksincha, qarama-qarshi tasavvur tug‘diradigan qisqa o‘yin yoki mashq o‘tkazish mumkin.
Axborotni yetkazish va tahlil qilish
faqat “ma’ruza qilish”dan iborat emas. Ma’ruza
mavzuga chuqurlashishning imkoniyatlaridan biridir. Axborotni
yetkazish usulini tanlashda
quyidagi qoidalarga amal qilinadi: tengdoshlaringizga ular bilgan narsalarni aytmaslik; axborotni
yetkazish vaqti 15-20
daqiqadan oshmasligi kerak, chunki keyin tinglovchining diqqat-e’tibori
sustlashadi. So‘ngra usullarni almashtirish yoki diqqatni boshqa
narsaga jalb etishga yordam
beradigan mashqlar bajarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: