Ispaniya zulmiga qarshi qo‘zg‘olon. Ispaniya qiroli Filipp II ning shafqatsiz siyosati niderland xalqining kuchayib borayotgan noroziligini to ‘xtata olmadi. Aksincha, xalqning ispan zulmiga qarshi harakati tobora kuchaydi. Bu harakatda aholining keng qatlamlari - burjuaziya, hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar va hatto dvoryanlaming bir qismi qatnashdi. Burjuaziya, ayni paytda, qo‘zg‘olongarahbarlik qildi. Ispaniya zulmiga qarshi kurash 1566- yilda qo‘zg‘olonga aylandi. Qo‘z- g‘olonchilar qisqa vaqt ichida Ispaniya zulmining tayanchi bo‘lgan cherkov va monastirlarni vayron qildilar. Katolik ruhoniylar va ispan amaldorlari quvib yuborildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |