Yosh tarixshunoslar



Download 0,72 Mb.
bet34/34
Sana30.12.2021
Hajmi0,72 Mb.
#91100
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
TARIX TO'GARAK

Uyga vazifa berish

O’quvchilarni baholash

Sana:

Mavzu: Germaniya XIX asr oxiri XX asr boshlarida Imperiyani tashkil topishi

Mashg’ulot maqsadi: O’quvchilarda Germaniya XIX asr oxiri XX asr boshlarida Imperiyani tashkil topishi haqida bilim berish

1871-yilnmg 18-yanvanda barcha germandavlatlarining monarxlari Versalda to‘planib, Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e’lon qildilar. Bu Germaniyaning ikkinchi marta imperiya deb e’lon qilinishi edi. Shunday qilib, butun Germaniya hududining 2/3 qismida joylashgan, aholisining esa 60% yashayot- gan Prussiya monarxiyasi yetakchiligida Germaniyaning birlashuvi tugallandi. Yagona va yaxlit Germaniya imperiyasi barpo qilindi.

1871-yil aprelida imperiya reyxstagi umum- german konstitutsiyasini qabul qildi. Ger­maniya imperiyasi ittifoqchilar davlati bo‘lib qoldi. Elzas-Lotaringiya imperiya tarkibiga hokim (shtatgalter) to­monidan idora qilinadigan „maxsus imperiya viloyati“ bo‘lib kirdi. Hokimni imperatoming o‘zi tayinlardi. Imperiyaga kirgan ayrim davlatlar o‘z konstitutsiyalari, vakillik muassasalarini (landtaglari- ni) saqlab qoldi.

Konstitutsiyaga muvofiq, imperiyaning oliy vakolatli muassa- salari Ittifoq Kengashi (Bundesrat) bilan Reyxstag edi. Konsti- tutsiyada birlashgan Germaniyada Prussiya gegemonligi mustah- kamlab qo‘yildi. Imperator urush e’lon qilar, sulh tuzar, xalqaro munosabatlarda imperiya nomidan ish ko‘rardi. Ayni paytda, u imperiya qurolli fm kuchlarining bosh qo‘mondoni ham edi. Imperator o‘z ixtiyori bilan Reyxstag va Ittifoq Kengashi sessiyalarini chaqirish,ochish, tarqatib yuborish yoki muddatini cho‘zish, imperiya kanslerini tayinlash va vazifasidan ozod etish huquqlariga ega edi.yil konstitutsiyasiga binoan, im­perator bir vaqtning o‘zida Prussiya qiroli ham hisoblanardi.Germaniyaning birinchi imperiya kansleri lavozimiga Otto fon Bismark tayinlandi. U davlat boshqaruvida katta tajribaga ega bo‘lib, deyarli 20 yil davomida (1871—1890) mamlakat hukumatini boshqardi. Bismark Germaniya tarixida „Temir kansler“ laqabi bilan nom qoldirdi. Reyxstag, konstitutsiyada ko‘rsatilganidek, umumiy saylov hu- quqi asosida besh yil muddatga saylanardi. Lekin amalda saylov hu- quqi faqat nomigagina umumiy edi. Harbiy xizmatchilardan tash- qari, 25 yoshga to‘lgan erkaklargina saylov huquqidan foydalanardi. Germaniya kimyo sanoatida jahonda birinchi o‘ringa chiqib oldi. Temiryo‘llar uzunligi 1890-yildagi 43 ming km dan 1914- yilga kelib 68 ming kilometrga yetdi. Temir va po‘lat ishlab chiqarishda esa AQSHdan so‘ng ikkinchi o‘ringa cliiqdi. Cho‘yan islilab cliiqarish 1892—1912-yillar orasida 4,9 mln. tonnadan 17,6 mln. tonnaga o‘sdi.

Sanoat rivojlanislii bilan islilab chiqarish tobora yirikroq kor- xonalarda to‘plana bordi. Bu davrda liar birida 1000 dan ortiq ishclii ishlaydigan korxonalar soni 600 taga yaqinlashgan edi.

Ayni paytda, sanoatda ishlab chiqarishning markazlashuvi kuchaydi. Masalan, ko‘mir qazib chiqarish, cho‘yan va po‘lat eritish asosan 4 ta monopoliya qo‘liga o‘tdi.
Uyga vazifa berish

O’quvchilarni baholash
Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish