Ilk yoshdagi bolada qanday buzilishlar ko`rinishi mumkin
Bola qanchalik muvaffaqiyatli rivojlanayotganini aniqlashdan tashqari uning rivojlanishda orqada qolish sababi (yoki sabablari) ni topish zarurati paydo bo`lishi mumkin. Bu sabablar har doim ham bolani poliklinikada muntazam ko`rikdan o`tkazish vaqtida darrov ko`rinmaydi. Bunday paytlarda uni yaqindan kuzatayotgan bolaning onasi yoki boshqa kishi diqqat-e'tiborlarini bu buzilishlarning belgilariga qaratishlari kerak. Biz quyida bola rivojlanishida mumkin bo`lgan ba'zi muammolarni va muammolarning mavjudligini taxmin qilishga imkon beruvchi uning kuzatilayotgan xulqi xususiyatlarini ko`rib chiqamiz.
Bosh miyaning Ilk organik shikastlanishi
1-oyning ohiri. Ona uni kukragiga kuyganida yoki bag`riga bosganida baqirishni tuxtatmaydi. Boshini hatto bir lahza ham vertikal holatda ushlab turolmaydi.
2-oyning ohiri. Onasi gaplasha boshlaganida unga qaramaydi. Boshini yuzadan 5 sm ga ko`tarib ham, tutib ham turolmaydi.
3-oyning ohiri. Katta kishi u bilan gaplashayotganida kuladi yoki unga qarab kulmaydi. Qornida yotganida boshini 1 daqiqa mobaynida ushlab turolmaydi. Vertikal holatda turganida boshini yarim daqiqa ham ushlab turolmaydi.
5-oyning ohiri. U bilan o`ynayotganlarida xursand bo`lmaydi. Qornida yotganida bilaklariga tayanib, tanasini bir oz ko`tara olmaydi.
Chalqancha yotgan holatida ko`targanlarida boshi orqasiga og`ib ketadi. Uni qo`ltigidan vertikal holatda tutib tursa ham oyog`ining uchiga tayanib turishga harakat qilmaydi.
6-oyning ohiri. U bilan gaplashishga uringanlarida yig`idan to`xtamaydi. Katta kishining mimikasi hamda tovush ohangida xayrixoxlik va norozilikni farklay olmaydi. Qorni bilan yotganida chalkanchasiga mustaqil aylana olmaydi. Boshini qat’iyatsiz, ayniqsa, chalkancha yotgan holatida kullaridan ushlab bir oz ko`tarib qo`ygan paytda ushlaydi.
7-oyning ohiri. Katta kishining qo`lga olishini xarxasha qilmaydi (qo`llarini cho`zmaydi). Qorni bilan yotgan holatda qo`lini o`yinchoqqa cho`zib yetkaza olmaydi. Uni qo`ltig`idan vertikal holatda tutib turganda raqsga tushgandek harakat qilmaydi.
8-oyning ohiri. Onasi va yaqin kishisiga nisbatan mehr namoyon qilmaydi (o`zini ularning bag`riga, yuziga bosmaydi) Qo`llaridan ushlab turganda o`tirishga harakat qilmaydi.
9-oyning oxiri. Yaqinlari va begona kishilarni farqlay olmaydi. Begona kishilardan cho`chimaydi va uyalmaydi. Undan o`yinchog`ini olib qo`yganda xafa bo`lmaydi. O`z o`qi atrofida aylana olmaydi va oldinga emaklay olmaydi. O`tirgan holatda muvozanatni yomon ushlaydi va o`z o`qi atrofida aylana olmaydi.
10-oyning oxiri. Atrofdagilarning kulgisini keltiradigan harakatlarni takrorlay olmaydi va taqlid qila olmaydi.
11-oyning oxiri. Choy ichayotganida piyolani ushlay olmaydi, qotgan nonni mustaqil yeya olmaydi. To`rt oyoqlab emaklay olmaydi, oyoqlarini oldinga cho`zib o`tira olmaydi. Tirgovichga tayanib ham harakatlana olmaydi.
12-oyning oxiri. Qoshiq bilan mustaqil ovqatlana olmaydi. Oynada o`z aksini ko`rib aftini bujmaytirmaydi. O`zi mustaqil bir nechta qadam tashlamaydi.
15-oyning oxiri. Onasi bilan koptok o`ynamaydi. Stakanni mustaqil ushlay olmaydi va undan suv icha olmaydi. 10 soniya ichida mustaqil turolmaydi. 20 qadamni erkin tashlay olmaydi.