Hikmatlar xazinasidan!
Dono vazir shuldirki, o‘z o‘rniga qarab, goh qattiqqo‘llik, gohida esa muloyimlik bilan ish yuritadi. Bunday vazir ortiqcha qattiqqo‘llik ham qilmaydi, ko‘p muloyimlik bilan yumshab ham ketmaydi. Agar ko‘p muloyimlik qilsa, dunyo talab, tamagir odamlar uni yutib yuboradilar. Agar ortiqcha qattiqqo‘llik ishlatsa, undan qochadilar va unga murojaat qilmaydilar. Demak, dono vazir shuldirki, saltanat korxonasining ishlarini eng to’g’ri chora-yu tadbirlar qo’llab, yaxshi anglagan holda amalga oshirib, davlatni tartib-intizomga keltiradi.
Sharhlang!
O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar.
Prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to‘xtatib turadilar.
Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
120-modda.
Do'stlaringiz bilan baham: |