Orqa miya. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo’yin umurtqasi bilan II bel umurtqasi
oralig’ida joylashgan bo’lib, katta odamda vazni ZO-40 g, uzunligi 45 smga teng. Yangi tug’ilgan bolada 6-10 g, uzunligi -15 sm. Nerv xujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning kundalang kesigida kulrang modda kapalak shaklida joylashadi, atrofida oq modda bo’ladi. Kulrang moddaning oldingi, yen va orqa shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari joylashgan, bu yerdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo’ladi, ularga sezuvchi, ya‘ni markazga intiluvchi nervlar kiradi. Orqa miyada bo’yin, ko’krak, bel, dumgaza segmentlari joylashgan. Orqa miyaning har bir segmenti bir juftdan 31 juft nerv tolasi chiqadi. Ular gavda, qo’l, oyoq muskullari va terini nerv bilan taminlaydi. Orqa miya uch qavat parda bilan qaplangan.
Orqa miya reflektor va o’tkazuvchi vazifasini bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning harakat reflekslariga: tirsak, tizza, panja reflekslari misol bo’ladi. Orqa miyaning o’tkazuvchanlik vazifasi undagi ko’tariluvchi va tushuvchi o’tkazuvchi yo’llar orkali amalga oshadi.
Orqa miyadagi ba‘zi reflektor funktsiyalar homilaning ona qornida rivojlanayotganida yuzaga keladi. Homila 2-3 oylik bo’lganida harakatlana boshlaydi. Yangi tug’ilgan bola oyoq panjasining tagi ta‘sirlansa 2-3 minutdan sung oyok panjasyda bukish refleksi hosil bo’ladi. Bu refleks bola tug’ilgandan sung 6 oy utgach yuqolib ketadi.
Bola 9-10 oyligida yura boshlaydi. Orqa miyadagi harakat markazlari ishi ortadi, nervlar mienlashishi 3 yoshgacha davom etadi .
Yangi tug’ilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo’lib tana vaznining 1G’8- 1,9 kismini tashkil etadi. 1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1400 g bo’lib, tana vaznining 1G’40 qismini tashkil etadi. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez usadi, 20-30 yoshlarga borib tuxtaydi. Bosh miya ham oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Kulrang moddasi turli neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv xujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90%ni neyrogliya xujayralari tashkil etadi. Neyrogliya xujayralari ximoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to’qima hisoblanadi. Bosh miya uzunchoq miya, Varoliy kuprigi, miyacha, o’rta miya, oraliq miyadan iborat bo’lib, bu kismlar bosh miya sopi deb aladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari urab turadi.
Uzunchoq miya. Uzunchoq miya orka miyaning davomi bo’lib, uzunligi 3-3,5 sm. uzunchok miya va Varoliy kuprigi reflektor va o’tkazish vazifasinn amalga oshiradi. Uzunchoq miyada nafas olish, qon tomirlari devori harakat ining nerv markazi, o’sish, yutish, ter ajratish, sulak ajratish, ko’z yoshi ajratish, qovoklarni yumish, aksa urish, yo’talish nerv markazlari bor. Homila 16-17 xaftalik bo’lganda uzunchoq miyada nafas olish nerv markazi shakllanadi. Yangi tug’ilgan bolada nafas, himoya reflekslari (aksa urish, yutal va boshkalar) rivojlangan bo’ladi. Unda surish, yutish kabi ovqatlanishga bo’lgan shartsiz reflekslar yaxshigina rivojlanadi.
Miyacha. Miyacha ikkita yarim shardan iborat bo’lib, muskullarning uyg’un qisqarishida va harakatlarida, bir gruppa muskullarning tegishlicha tarang turishini saqlashda ishtirok etadi. Miyachaning faoliyati izdan chiqsa odam uygun harakat qila olmay qoladi. Yangi tug’ilgan bola miyachasining vazni 20,5-23 g bo’ladi.
O’rta miya. O’rta miya 4 tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil gopgan. Bundan tashqari ko’z soqqasini harakatga keltiruvchi 4 juft galtaksimon nervning yadrolari bor. O’rta miya yadrolari faoliyatiga ko’ra sezuvchi va harakat yadrolariga bo’linadi. Harakat yadrolari organizmda muskullar tonusiga bevosita ta‘sir etadi. Sezuvchi yadrolar eshitish va ko’rishda ishtirok etadi. O’rta miyasi shikastlangan odamda muskullar tonusi saqlanib qolgani holda tug’rilovchi reflekslar bo’ziladi. Chunki bosh miya muskullar tonusini boshqarib turadi. O’rta miya ishtirokida hosil bo’ladigan reflekslar ona qornida homilada shakllana boshlaydi. Yangi tug’ilgan bolada ko’z qorachig’i refleksi yaxshi rivojlangan bo’ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan tanani makonda tutib turish refleksi ham yaxshi rivojlanib boradi. Yangi tug’ilgan bolada o’rta miyaning vazni 2,5 g .
Oraliq miya. Oraliq miya o’rta miyaning kjorisida joylashgan. Oraliq miyaga-ko’rish burtiqlari, bo’rti qismi va tizzasimon tana kiradi. Burti osti qismi funktsional jihatdan oqsil, yog’, tuz va suv almashinuvi boshqarilishiga bog’liq. U yerdagi nerv markazlari ter, ajralishi, issiqlikni
boshqarish va uglevodlar almashinuviga ta‘sir etadi. Yangi tug’ilgan bolada ta‘m bilish, hid bilish, xarorat va og’riq ta‘sirotlariga, achchiq nordon, sho’r, shirinlikka reaktsiyalar vujudga keladi. Ko’rish burtiqlari shikastlanganda ,ko’z butunlay yoki qisman ko’rmaydi, bosh og’riydi, falajlik sodir bo’ladi uyku buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |