Yosh davrlari va pedagogik psixologining predmet iva vazifalari.
Reja.
1. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya predmeti haqida tushuncha
2. Fanning asosiy rivojlanish bosqichlari.
3. Psixik rivojlanishning biogenetik va sotsiogenetik ikki yunalishi 8aqida.
4. Yosh davrlari va pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari.
5. Psixik rivojlanish va ta`lim.
Tayanch tushunchalar:
Egizaklar metodi, Longityud metodi (uzunasiga kesim metodi), Pedologiya... Psixika taraqqiyotining biologik sharoitlari~ psixika taraqqiyotining sotsiologik sharoitlari~ bola shaxsi yunalganligi~ shaxs umumiy taraqqiyoti va bilimlar taraqqiyotining pedagogik sharoitlari~ taraqqiyot yosh bosqichi.
MA`RUZA MATNI.
Pedagogik psixologiya uqitish va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi fandir. Buning ma`nosi shuki, pedagogik psixologiya uquvchilar tomonidan bilim, iqtidor va malakalarni uzlashtirishning psixologik qonuniyatlarini va, shuningdek, uquv-tarbiya prpotsessida uquvchilar shaxsining tarkib topishini urganadigan fandir.
Pedagogik psixologiya fani uquvchilar shaxsining tarkib topishini va ularni uqitish masalalarini urganar ekan, birinchi navbatda bolalar psixologiyasi bilan maxkam bowliqdir, chunki bolalarning yosh va individual xususiyatlarini xisobga olmay turib, uquvchilar shaxsining tarkib topishini, ularni uqitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini aniqlab bulmaydi.
Pedagogik psixologiya uqitish va tarbiyaning asosini urganib va ishlab chiqib, uqitishning va tarbiyaning mazmunini tashkil qiladigan darsliklarga va turli uquv qurollariga bulgan talabni aniqlash, uqitish va tarbiyaning ratsional va samarali metodlarini topish, uquvchi yoki tarbiyalanuvchilarning bilimlarga e`tiqod qilishiga erishish qonuniyatlarini ochish~ uquvchilarni me8nat va ijtimoiy faolyatiga tayyorlashning psixologik asoslarini ishlab chiqish imkoniyatiga egadir.
O`qitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini urganish pedagogik psixologiyaning predmetini tashkil qiladi. Bu fan uquvchilar va tarbiyalanuvchilar tafakkurining shakllanishini tekshiradi~ uzlashtirish protsessini idora qilish, aqliy faoliyat usullari va malakalarining tarkib topish problemalarini urganadi, uqitish protsessining, uquvchi va uqituvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi urtasidagi munosabatlarning, ta`lim oluvchilar jamoasidagi uzaro munosabatlarning muvaffaqiyatli bulishiga ta`sir qiladigan psixologik faktorlarni aniqlaydi~ uquvchilarning individual psixologik tafovutini, bolalar bilan olib boriladigan uquv-tarbiya ishlarining psixologik xususiyatlarini urganadi.
Yosh psixologiyaning predmeti rivojlanayotgan inson shaxsining psixologik xususiyatlari va psixik jarayonlari ontogenezini va inson psixikasining har bir yosh davridagi uzgarishini urganadi. Yosh psixologiyasining bulimlariga quyidagilar kiradi:
Bolalar psixologiyasi, kichik maktab uquvchilari psixologiyasi, usmirlar, uspirinlar, kattalar psixologiyasi, geronto psixologiyasi, ya`ni qariyalar psixologiyasi.
Pedagogik psixologiyaning predmeti ta`lim tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini urganadi. Pedagogik psixologiya ta`lim jarayonini boshqarishning psixologik masalalarini urganadi. Bilish jarayonlarining rivojlanishini tekshiradi. Aqliy taraqqiyotning ishonchli mezonlarini izlaydi. Tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar orasidagi uzaro masalalarni urganadi. Bundan tashkari pedagogik-psixologiya bolalarga individual yondashuv masalalarini ham urganadi.
Yosh pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi.
Pedagogik-psixologiya XIX asrning 2-yarmiga kelib vujadga keladi va psixologiya faniga genetik woyalarning kirishi bilan yanada rivojlanadi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiyning asarlari pedagogik, psixologik g`oyalarning rivojlanishiga katta 8issa bulib qushildi. Jumladan u «Inson tarbiya predmeti sifatida» nomli asarida shunday deb yozadi. Insonni har tomonlama tarbiyalaydigan pedagog uni xar tomonlama bilishi kerak. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida pedagogikada pedagogik eksperimentni qullashning maxsus yullari topildi. Umumiy psixologiyadagi eksperimentning sezilarli yutuqlari (Veber va Fexner tomonidan psixofizik qonunlarning ochilishi, Lebengaus tomonidan xotiraning urganilishi) uni yosh va pedagogik-psixologiyada ham qullash imkonini beradi. Pedagogik psixologiyaning rivojlanishidagi dastlabki tajribalar natijasida quyidagi xulosalar chiqadi. «Psixologiyaning pedagogik amaliyot bilan yaqinlashishi, ta`lim va tarbiya jarayonining ekperimental tadqiq qilinishi yulidagina mumkindir.
XX asr boshlarida bolalar psixik tara33iyoti manbalarini har tomonlama talqin etuvchi 2 ta oqim paydo buladi. Bu oqimlar bir-biridan bola tara33iyoti asosiga qanday omilni olishiga qarab farqlaydilar`
Biogenetik oqim.
Sotsiogenetik oqim.
Pedologiyaning mazmuni bola tara33iyotining psixologik-fiziologik, biologik nuqtai nazarlarining mexanik majmuidan iborat. Pedologiya XIX asr oxiri, XX asr boshlarida vujudga keladi. Asoschilaridan` Garbda S.Xoll, E.Meymaya, Preyer, Rossiyada Vexterev, Nechaev, Rossolimov va boshqalar. Pedologiya asoschilari bola fiziologiyasi va pedagogikasini siqib chiqarib bolani urganishda yakka hukmronlikka da`vo qiladi. Pedologiya rivojlanayotgan insonni urganuvchi alohida ilmiy fanlardagi tadqiqot natijalarini qamrab oluvchi kompleks fan sifatida vujudga keladi. 10 – yillarning boshida pedologiyaning kup qoidalari tanqid ostiga olindi. Bu qoqy yil r iyul` Partiya MK.ning Xalq ta`lim sistemasidagi pedologik buzilishlar 8aqidagi qarori bilan tugatildi.
Mash8ur sovet psixologi Vqgotskiy 20-10 yillarda uzining oliy stixik funktsiyalarining rivojlanishi nazariyasini e`lon qildi. Vigotskiy nazariy tara33iyotining umumiy genetik qonunini quyidagicha aniqlaydi` «Bola madaniy rivojlanishida har bir funktsiya w marta kurinadi` Dastlab ijtimoiy, sung psixologik~ Dastlab interpsixik kategoriya sifatida bola ichida kurinadi. Har bir oliy psixik funktsiya uz taraqqiyotida tashqi bosqich orqali utishi kerak.
Pedagogik-psixologiyada bir necha metodlar mavjud`
Kuzatish` tashqi, ichki, ona kundaligi.
Eksperiment` tabiiy, laboratoriya.
Egizaklar metodi. Uning mazmuni 1 tuxumli egizaklarda psixik taraqqiyotni kuzatish vaeksperiment sharoitida taqqoslashdan iborat. Bu esa ular irsiyatining bir xilligini hisobga olgan holda tarbiyaviy ta`sirining va muhitning ta`sirini urganish imkonini beradi.
4. Bola psixikasi taraqqiyotini urganishda kundalang-kesim metodi ham qullaniladi. Bunda tadqiqotchi psixika rivojining hozirgi paytdagi psixologik xususiyatlarini bilishga intiladi. Tez-tez takrorlanib turgan bundan kesimlar tekshiriluvchilar 8aqidagi ma`lumot olishga imkon beradi.
5. Longityud metod yoki uzunasiga kesim metodi. Bir bola uzok vaqt, yillar mobaynida urganiladi.
6. Suhbat.
7. Faoliyat mahsulotlarini urganish.
8. Anketa. 9. Test. 10. Sotsiometrik/
Do'stlaringiz bilan baham: |