Yosh bolalarni bosh miya katta yarim sharining tuzilishi


Nerv tizimi ikki qismdan iborat



Download 27,54 Kb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi27,54 Kb.
#253226
1   2   3   4   5   6
Nerv tizimi ikki qismdan iborat: markaziy va periferik nerv tizimiga bo'linadi. Markaziy nerv tizimiga bosh va orqa miya kiradi. Markaziy nerv tizimining segmentar, ya’ni quyi qismi- ga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari, ya’ni uzunchoq miya, Varoliy ko'prigi, o‘rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi. Markaziy nerv tizimining yuqori, ya’ni segment ust qismiga bosh miya yarim sharlari va ularning po'stloq qismi kiradi. Marka­ziy nerv tizimida nerv hujayralari markazlari bor. Periferik nerv tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlan- tiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar, hamda umurtqa pog‘onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Nerv tizimining periferik qismi asosan nervlardan, ya’ni tolalar bog'lamidan iborat.

Bajaradigan vazifasiga ko‘ra, nerv sistemasi ikki qismga boiinadi: somatik va vegetativ nerv tizimi. Somatik nerv tizimi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqa- radi. Vegetativ nerv tizimi ichki organlar (nafas olish, qon ayla­nish, ovqat hazm qilish, ayirish va me’da hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi.

Nerv tizimini nerv hujayralari va nerv tolalari tashkil qiladi. Nerv hujayralariga neyron deb ataladi. Neyronlar katta-kichikligi va shakli jihatidan har xil bo‘ladi. Har bir neyronning tanasida bir talay kalta, shoxlangan o‘simtalar — dendritlar va shoxlan- magan uzun usimta — akson bor. Nerv hujayralarining tanalari va ularning dendritlari to‘planib, kulrang moddani hosil qiladi. Miyaning oq moddasi esa miyelin pardasi bilan qoplangan nerv tolalari (aksonlar)dan tashkil topgan bo‘ladi. Neyronlar tashqi to­mondan parda — memberana bilan qoplangan.

Nerv tolasining xususiyatlari. Nerv tolasining asosiy xususiyati qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchanlikdan iborat. Qo‘zg‘aluvchanlik organizmning tashqi muhitdan ham, ichki muhitdan ham ke­ladigan har xil ta’surotlarga javob bera olish qobiliyatidir. 0‘tkazuvchanlik qo‘zg‘aluvchanlikni o‘tkaza olish xususiyatidir. Ta’surot berilgandan keyin nerv tizimida fiziologik protsess ro‘y be- radi, bu hodisa qo‘zg‘alish deb ataladi. Bu qo‘zg‘alish nerv bo‘ylab o‘tkaziladi. 0‘zgaruvchanlik barcha to‘qimalarga xos xususiyatdir. To‘qimani kuzatish uchun ma’lum kuchdagi ta’sirlovchi bo‘lishi kerak, shundagina to‘qimada modda almashinuvi vujudga kelib, tirik organizm taassurotga qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Muskul to‘qimasi qo‘zg‘alsa qisqarish bilan, bez to‘qimasi qo‘zg‘alsa sekret yoki shira ajralishi bilan javob beradi. To'qimaning qo'zg‘aluvchi ta’sirlovchilari o‘z xususiyatiga qarab fizikaviy, kimyoviy, elektrik, biologik va boshqa turlarga bo‘linadi.

Ta’sirlovchilar kelib chiqishiga, organ, to‘qimaga ta’siriga ko‘ra adekvat va noadekvat ta’sirlovchilarga bo‘linadi. Muayyan to‘qima, hujayra va organ uchun xos bo‘lgan ta’sirlovchi adekvat ta’sirlovchi deb ataladi. Ko‘zning adekvat ta’sirlovchisi yorug'lik, muskulniki nerv tolasidan keladigan impuls hisoblanadi. Muayyan to'qima, hujayra va organ uchun xos bo'lmagan ta’sirlovchilar noadekvat ta’sirlovchi deb ataladi. Masalan muskul to‘qimasi nerv tolasidan kelayotgan impulsdan tashqari, elektr toki, tuz, kislota ta’sirida ham qisqarishi mumkin. Bular noadekvat ta’sirlovchilardir.

Ma’lum bo‘lishicha sinaps nerv tolasi sinaptik va impuls qabul qiladigan membrana pardasi mavjud nerv tugunchalaridan iborat. Nerv tugunchalari ichida mayda pufakchalar bilan aralash me­diator suyuqligi mavjud bo'ladi. Kuzatuvchi sinapslardagi media- torlar atsetilxolin va noradrenalin ko‘rinishida bo'ladi. Sinapsga ta’sir yetib kelishi bilan nerv tugunlarida, uning membranasida potensiallar ayirmasi vujudga keladi. Natijada mediator moddalarga boy pufakchalar yorilib, im­puls bundan keyingi nerv tolasiga yoki hujayraga o'tadi. Shu yo'l bilan ta’sir perisinaptik qismdan postsinaptik qismga o'tkaziladi. Postsinaptik potensial nerv tolasida yana qo'zg'alishni, muskulda qisqarishni keltirib chiqarishi mumkin.

Sinapslarning o'ziga xos xususiyati, shundaki ular orqali ta’surot nerv tolalariga qaraganda birmuncha sekin o'tadi. Buni sinaptik saqlanish deyiladi. Sinaps orqali ta’sir faqat bir tomonga bo'ladi. Sinapslar ta’sirga juda sezgir bo'ladi. Ularga pog'ona osti kuchi bilan ta’sir ettirilganda ham uni yig'ib berish xususiyatiga ega.

Nerv markazida ma’lum refleks amalga oshishida yoki biror vazifani bajarilishida bir guruh neyronlar ishtirok etadi. Bir gu­ruh neyronlarning funksional birikmasi nerv markazi deb ataladi.

Nutq funksiyasi lablar, hiqildoq, harakat muskullarining nerv markazlari, uzunchoq miya, o'rta va bosh miya katta yarim shar- lari po'stlog'ida, so'zlar ma’nosi tushuniladigan nerv markazi bosh miya katta yarim sharlarining chakka qismida joylashgan. Nerv markazlari qo'zg'alish, tormozlanish, uyg'unlashuv transfor- matsiya, mayinlik, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, dominanta va irradiatsaya xususiyatiarga ega. Nerv hujayralari tashqi va ich­ki muhit omillari ta’sirida tinchlik holatidan aktiv holatga o'tish xususiyatiga ega. Nerv hujayralari ning muhim xususiyatlaridan biri qo‘zg‘alishdir. Qo‘zg‘alish tufayli ta’sirga tezda javob reaksi- yasi paydo bo‘ladi. 0‘zgarish vaqtida to‘qimada funksional, fizik- kimyoviy hodisalar sodir bo‘ladi. Nerv tizimining har bir sohasi tashqaridan bo‘lgan ta’sirga qo‘zg‘alish yoki tormozlanish bilan javob qaytaradi. Nerv tizimida qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanish jarayoni bilan almashinib turadi, ya’ni qo‘zg‘alish tormozlanish- ga, tormozlanish esa qo‘zg‘alishga o‘tib turadi. Qo‘zg‘alishning nerv tizimi markazlarida tarqalishi irradiatsiya deyiladi. Marka- ziy nerv tizimida bir guruh neyronlar yoki ayrim nerv markaz- lari qo‘zg‘alganda ikkinchi nerv markazlari tormozlangan holda bo‘ladi. Bir guruh muskullarning nerv markazi qo‘zg'alib, shu muskullarni qisqartirsa, ayni vaqtda ikkinchi guruh muskul­larning nerv markazlari tormozlanadi. Masalan, qo‘l panjasini musht qilganda yelka oldining oldingi muskullari qisqaradi, ayni vaqtda yelka oldining orqa tomonidagi muskullar bo‘shashadi, ya’ni bukuvchi muskullarning nerv markazlari qo‘zg‘alib, yozuv- chi muskullarning nerv markazlari tormozlanadi. Nerv tizimi- dagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining bu xildagi o‘zaro ta’siri uyg‘unlik deb ataladi. Chap oyoqni bukkanda o‘ng oyoq­ning tizza bo'g'imi yoziladi va, aksincha.

Nerv markazlaridagi yana bir xususiyat dominanta xususiyati bo‘lib, buni birinchi boiib 1923-yilda A.A. Uxtomskiy isbotla- gan. Muayyan patda nerv markazlarida ustun turgan qo‘zg‘alish o‘chog‘ini A.A. Uxtomskiy dominanta deb atagan. Ustun tur­gan qo‘zg‘alish o‘chog‘i boshqa markazlarga keluvchi qo‘zg‘alish to‘lqinlarini o‘ziga jalb qilib, shular hisobiga kuchaya oladi. Bu paytda boshqa markazlarda tormozlanish protsessi boshlana­di. Dominantaning vujudga kelishidagi muhim shartlardan biri nerv hujayralarining o‘ta qo‘zg‘aluvchanligidir. Dominanta uzoq muddat saqlanib turishi mumkin. Dominanta oliy nerv faoli- yatiga, odamning ruhiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Dominanta prinsipi diqqat aktivligining fiziologik asosidir. Shuning uchun domi­nanta pedagogika va psixologiyada juda katta ahamiyatga egadir. 0‘qituvchilar o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda buni hisobga olishi kerak.

Bola tug‘ilgandan keyin markaziy nerv sistemasi tashqi muhit ta’siri, xulq-atvor va nutq tufayli rivojlanib boradi. Yangi tug'ilgan va kichik bog'cha yoshidagi bolalarning nerv tizimida qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustun turadi. Harakat markaz­lari orqa va bosh miyada tez qo‘zg‘alish xususiyatiga ega, shu sa- babli bu yoshdagi bolalar serharakat va his-hayajonga to‘la bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda qo‘zg‘alish markazlari tez almashinib turadi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning harakati va diqqati beqaror bo‘ladi va uzoq davom etmaydi. Bolalarning yoshi orta borar ekan, dominanta markazlarida vujudga kelgan qo‘zg‘alish barqaror bo'lib, uzoq vaqt qo'zg'alib turadi hamda ta’sirlar yig‘indisi ortib boradi. Yangi tug‘ilgan bolada ovqatga dominanta paydo bo'ladi. Dominanta markazlari turg‘un bo‘lmaydi.


Download 27,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish