OPTIKA
Optika bo‘limida yorug‘lik hodisalari va qonunlari, yorug‘likning tabiati hamda uning modda bilan o‘zaro ta'siri o‘rganiladi.
Yorug‘lik ma'lum diapazondagi elektromagnit to‘lqinlardan iboratdir. Inson ko‘zi butun nurlanish tarkibidan faqat to‘lqin uzunligi 3,8·10-7 m dan 7,7·10-7 m gacha bo‘lgan nurlarnigina ko‘ra oladi. To‘lqin uzunligi 3,8·10-7 m dan qisqa bo‘lgan nurlar ultrabihafsha, to‘lqin uzunligi 7,7·10-7 m dan katta bo‘lgan nurlar esa ihfraqi7il hurlar deb ataladi. Ultrabinafsha va infraqizil nurlar ko‘zga ko‘rinmaydi.
Jismlardan yorug‘lik qaytib ko‘zimizga tushgandagina biz ularni ko‘ra olamiz. Ba'zi jismlarni atrofimiz yorug‘ yoki qorong‘i bo‘lishidan qat'iy nazar ko‘raveramiz, chunki ularning o‘zlari yorug‘lik sochadi. Bunday jismlar yorug‘lik mahbalari deb ataladi.
Yorug‘lik manbalari ikki guruhga: tabiiy va suh’iy mahbalarga bo‘linadi. Quyosh, yulduzlar, atmosferadagi nur sochuvchi gazlar va ba'zi tirik organizmlar (masalan, baliqlar, hasharotlar, yog‘ochni chiritadigan ba'zi mikroblar va boshqalar) yorug‘likning tabiiy manbalaridir. Biz uchun asosiy tabiiy yorug‘lik manbayi Quyoshdir. Quyoshdan chiqayotgan yorug‘lik barcha tirik organizmlar — o‘simlik, hayvon va insonlarning hayot manbayidir.
Yorug‘likning sun'iy manbalari jumlasiga cho‘g‘langan jismlar, tok o‘tganida nurlanuvchi gazlar, lyuminessensiyalanuvchi qattiq jismlar va suyuqliklar kiradi.
Odatda yorug‘lik manbalari ma'lum o‘lchamli jismlar bo‘ladi, lekin ular ko‘pincha huqtaviy yorug‘lik mahbayi deb qabul qilinadi. Agar yorug‘lik manbayining chiziqli o‘lchami shu manbadan uning ta'siri o‘rganilayotgan joygacha bo‘lgan masofaga nisbatan juda kichik bo‘lsa, bunday yorug‘lik manbayi huqtaviy yorug‘lik mahbayi deb ataladi.
Yorug‘lik vakuumda
G 300000 km/s tezlik bilan, boshqa muhitlarda
esa bundan kichik tezlik bilan tarqaladi.
Muayyan to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik, masalan, qizil, yashil, binafsha va shu kabi rangli yorug‘liklar mohoxromatik yorug‘lik deyiladi. Yorug‘lik turli uzunlikdagi to‘lqinlardan iborat bo‘lsa, bunday yorug‘lik murakkab yorug‘lik deyiladi. Masalan, Quyoshdan keladigan yorug‘lik murakkab yorug‘likdir. Binobarin, bunday yorug‘likni turli rangli monoxromatik yorug‘liklardan tarkib topgan deyish mumkin.
Yorug‘lik o‘zi bilan birga energiya eltadi. Biror modda orqali yorug‘lik o‘tganda uning energiyasi ma'lum miqdorda yutiladi, bunda yorug‘lik energiyasi moddaning ichki energiyasiga aylanadi.
45
II bob. FOTOMETRIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |