bo‘lib, Maksvell formulasiga to‘g‘ri keladi. Yorug‘lik bosimi hodisasi korpuskulyar yoki to‘lqin nazariyasida qanday talqin etilgan bo‘lmasin, bunday bosimning mavjudligini tajribada aniqlashning o‘zi juda katta ahamiyatga ega. Bu fakt yorug‘lik nuri energiyagagina emas, balki impulsga ham ega ekanligini ko‘rsatib, yorug‘likning moddiy ekanligini, yorug‘lik ham modda bilan birga materiyaning bir ko‘rinishi ekanligini shak-shubhasiz isbotlaydi. Fazaviy tezlik. Bir jinsli muhitda X o‘qi musbat yo‘nalishida tarqaluvchi yassi monoxromatik yorug‘lik to‘lqinini qaraylik. bu yerda . Bir xil fazada tebranayotgan sirtlar tenglamasi quyidagi ko‘rinishga egadir: (2.15) X o‘qi yo‘nalishi bo‘yicha tarqaluvchi to‘lqin sirtining siljish tezligi quyidagicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |