2.4-rasmda shunday qurilmaning chizmasi ko‘rsatilganki, P.N.Lebedev ana shu qurilmadan foydalanib, yorug‘likning qattiq jismlarga bo‘lgan bosimini payqashga va uni o‘lchashga muvoffaq bo‘lgan. Elektr yoyi В dan kelayotgan yorug‘lik linza va ko‘zgular sistemasidan o‘tib, burama tarozining yengil diski R tushadi, burama tarozi havosi so‘rib olingan shisha ballon ichiga ingichka ip bilan osib qo‘yilgan. Burama tarozining yorug‘lik dastasi ta’siri ostida qancha burilishiga qarab yorug‘lik bosimining kattaligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ldi. Shu narsa ajoyibki, Lebedevning bu tajribasida yorug‘lik energiyasi to‘g‘ridan–to‘g‘ri mexanik energiyaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |