Olimlar kometalarning harakatini kuzatib, kometalar Quyosh yaqinida harakat qilganlarida, ularning gaz va chang zarralaridan tarkib topgan dumi doimo Quyoshga nisbatan teskari tomonga qaraganligini va kometa Quyoshga yaqinlashgan sari dumining cho‘zila borishini aniqlaganlar. 1619 yildayoq Kepler kometalarda dum hosil bo‘lishini Quyosh nurlari bosimining natijasi sifatida tushuntirishga uringan edi. Yorug‘likning Maksvell yaratgan elektromagnit nazariyasi yorug‘lik oqimi biror jism sirtiga tushganda, bu sirtga bosim ta’sir ko‘rsatishi kerak, deb tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |