(2.12) Bu yerda I yorug‘lik quvvatini xarakterlovchi kattalik bo‘lib, uning intensivligini xarakterlaydi. n - muhitning sindirish ko‘rsatkichi, Е - yorug‘lik to‘lqini elektr maydon kuchlanganligi. с - yorug‘likning bo‘shliqdagi tarqalish tezligi. Odatdagi yorug‘lik manbalarining intensivligi 10 Vt/sm2 dan oshmaydi. Ayrim yorug‘lik manbalari bilan olib boriladigan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, optik hodisalar xarakteri nurlanish intensivligiga bog‘liq emas. Bunday hodisalarga chiziqli hodisalar va uni o‘rganuvchi optika bo‘limiga chiziqli optika deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |