Bizga elektromagnitizm kursidan ma’lumki, muhitning biror joyida o‘zgaruvchan elektr toki vujudga kelishi bilan bir vaqtda atrofdagi fazoda o‘zgaruvchan magnit maydoni paydo bo‘ladi. Bu vujudga kelgan elektr tebranishi o‘z joyda qolmaydi, balki elektromagnitik to‘lqin qo‘rinishida tarqalib, fazoning tobora yangi–yangi qismlarini birin ketin egallab boradi. Bu jarayonni yuzaga keltiruvchi elektromagnitizm va elektromagnitik induksiya hodisalari elektr (Е) va magnit (В) maydonlari kuchlanganliklari o‘zgarishlari orasidagi munosabatni aniqlovchi J.Maksvell tenglamalarida o‘zining qisqa matematik ifodasini topadi. Maksvelning tajriba ma’lumotlariga muvofiq mulohazalari shuni ko‘rsatadiki, elektr va magnit vektorlari bir-biriga hamda elektromagnitik to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Е elektr maydoni z o‘qi bo‘ylab, В magnit maydoni esa у o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan eng sodda yassi to‘lqin holida Maksvell tenglamalari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |