I=I0e-x (3.13)
Bu ifodada I0 – jismga tushayotgan yorug’likning intensivligi, I – qalinligi l bo’lgan jismdan o’tgan yorug’likning intensivligi, x – yutilish koeffitsienti deb ataladigan va jismning xususiyatlariga bog’liq bo’lgan kattalik. (3.13) formula 1729 yilda Buger tomonidan aniqlangan. Shuning uchun uning nomi bilan Buger qonuni deb ataladi.
Buger qonunidan x ning fizik ma’nosi kelib chiqadi. Haqiqatdan, l=1/x bo’lsa, I=I0/e ga aylanadi. Bundan, jismdan o’tayotgan yorug’lik intensivligini e marta kamaytiradigan qatlamning qalinligiga teskari bo’lgan kattalik yutilish koeffitsientidir, degan xulosaga kelamiz. Jismda yorug’likning yutilish koeffitsienti xuddi sindirish ko’rsatkichi kabi tushayotgan yorug’likning chastotasiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |