Yorugʻlik tezligi
Yorugʻlik tezligi — elektromagnit (jumladan, yorugʻlik) toʻlqinlarining
tarqalish tezligi;
fizikaning
asosiy doimiylaridan biri; har qanday fizik taʼsirlarning eng yuqori chegaraviy
tarqalish tezligi; eng aniq qiymati s=299 792 458 m/s. Yorugʻlik tezligi moddiy jismlarning
toʻliq energiyasini ularning massasi bilan bogʻlaydi: Ye=ts2. Yorugʻlikning muhitdagi tezligi s’
muhitlarning sindirish koʻrsatkichi p bilan bogʻlangan boʻlib, har doim s dan kichik boʻladi.
Yorugʻlik tezligini bevosita va bilvosita aniqlash mumkin. Yorugʻlik tezligini dastlab 1676-yilda
daniyalik astronom O. K. Ryomer aniqladi. U Yupiter sayyorasi yoʻldoshlarining tutilishlari
orasidagi vaqt oʻzgarishiga qarab s=300 870 ± 2 700 km/s ga teng ekanligini topdi. Soʻngra
(1728-yilda) ingliz astronomi J. Bradley yulduzlarning yorugʻlik aberratsiyalarini kuzatib
Yorugʻlik tezligini anikdadi. Yerda Yorugʻlik tezligining qiymatini birinchi boʻlib 1849-yilda
fransuz fizigi A. I. L. Fizo tishli gʻildiraklarning aylanishi natijasida hosil boʻlgan yorugʻlik
nurining aniq masofaga borib qaytish vaqtini oʻlchash usuli orqali topdi. U olgan natija: 313
300 km/s. Keyingi qadamni 1862-yilda fransuz fizigi J. B. L. Fuko qoʻydi. U yurtdoshi D. Arago
tomonidan 1838-yilda taklif qilingan aylana koʻzgu usulidan foydalangan holda tajriba utkazib,
s = 298 000 ± 500 km/s ekanligini aniqladi. Fuko yorugʻlikning suvdagi tezligi havodagi
tezligidan kamligini koʻrsatdi.
Fizo va Fuko usuliga moslashgan tajribalar keyinroq koʻp marta har xil oʻzgarishlar kiritilgan
holda boshqa olimlar tomonidan ham oʻtkazilgan. Bular orasida amerikalik fizik A. Maykelson
oʻzining aylanma prizma usulida Fizoning tishli gʻildirak va Fukoning aylanma koʻzgu
usullaridagi kamchiliklarni bartaraf qilib Yorugʻlik tezligining „yangi“ qiymatini topdi. Bu usul
natijasi: s— 299 890 ± 60 km/s. Havoning bir jinsli emasligi Yorugʻlik tezligini aniqroq
oʻlchashga taʼsir qiladi. Maykelson havosiz trubadan foydalanadi va s=299 796 ± 4 km /s
natijani oladi (1926). Yorugʻlik tezligining bu qiymati oʻsha vaqtda eng toʻgʻrisi boʻlib, u fizik
kattaliklarning xalqaro jadvaliga kiritilgan. 19-asrda Yorugʻlik tezligini oʻlchash fizikada katta
ahamiyatga ega boʻlishi bilan birga, yana bir marta yorugʻlikning toʻlqinlar nazariyasini
tasdikladi, optikaning elektromagnetizm nazariyasi bilan bogʻliqligini bilish hamda J. K.
Maksvell tomonidan 1864—73-yillarda yorugʻlikning elektromagnetizm nazariyasini
yaratishda katta tayanch boʻldi. Bilvosita usullar quyidagilar: barcha yulduzlar osmon
gumbazida ellips (sfera) boʻylab harakatlanadi; ularning qisqa oʻklari Yerdan Df = 20,47"
burchak ostida koʻrinadi. Bu yorugʻlik aberratsiyasi tufayli, yaʼni Yerning Quyosh atrofida
g)=29,8 km/s tezlik bilan harakatlanishidan hosil boʻladi. Yerdan yulduzlarni kuzatish uchun
teleskop trubasini Yer harakati tomonga ogʻdirish kerak. U vaqtda ogʻish burchagi tangensi
tgcp= ^? . Bu usul natijasi: s ==299 640 ± 750 km/s. Elektr zaryadi va elektrostatik oʻlchash
birliklari nisbatidan iborat elektrodinamik doimiyni aniklash (nemis fiziklari R. Kolraush va V.
Veber; 1856), yorugʻlikning chastota va toʻlqin uzunligi maʼlum boʻlganda Yorugʻlik tezligini
aniklash usullari ham bor. Hozirgi vaqtda Yorugʻlik tezligini oʻlchash Fizo usullarining
zamonaviylashtirilgan usullarini, yorugʻlik modulyasiyasini qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
Lazer nurlaridan va chastotasi barkarorlashtirilgan ultratovush modulyatoridan foydalanish
usuli orqali oʻlchangan Yorugʻlik tezligining aniklik darajasi anchagina yuqori boʻlib, olingan
natija s= 299 792,5 ±0,15 km/s ni tashkil qiladi. 1972-yilda amerikalik olim K. Ivenson oʻz
xodimlari bilan birga seziy chastota standarti orqali aniqroq natija olgan: s= 299 792 456,2 ±
0,2 m/s. Xalqaro fan va texnika soniy maʼlumotlar qoʻmitasi bosh assambleyasining 1973-
yildagi karoriga binoan
vakuumdagi
Yorugʻlik tezligining qiymati s = 299 792 458 ± 1,2 m/s
deb qabul qilingan.
[1]
Yorugʻlikning vakuumdagi tezligi „
c“
fizik doimiydir
. Uning eng aniq qiymati c=299 792 458
m
/
s
, yoki 1 079 252 848.8 km/soat teng. Shuningdek,
1983
-yilda yorugʻlik tezligining aniq
qiymatidan
foydalanilgan holda
metr
etaloni qabul qilingan. 1
metr
— yorugʻlik nurining
vakuumda
, 1/299 792 458 soniya ichida bosib oʻtgan masofasiga teng. Yorugʻlik tezligi
moddiy jismlarning toʻliq
energiyasini
ularning
massasi
bilan bogʻlaydi: