Yorug’lik dispersiyasi



Download 61,39 Kb.
bet1/4
Sana28.04.2023
Hajmi61,39 Kb.
#932749
  1   2   3   4
Bog'liq
Dispersiya va tezlik


Yorug’lik dispersiyasi.
Har bir vektor o’zidan oldingisiga nisbatan bir xil burchakga burilgan bo’lib, bu burchak qo’shni tirqishlar uyg’otgan tebranishlarning faza farqi 8 ga teng. β sin φ = ± kλ (k = 1,2,3.) shartni qanoatlantiruvchi yo’nalishlar uchun hamma Ai lar nolga teng . Shunday qilib, bitta tirqish uchun minimum sharti bo’ladi. fazalar farqi
δ =2π∆/ λ=(2πα/ λ)sin φ
bundagi λ – berilgan muhitdagi to’lqin uzunligi. Qaysi yo’nalishlar uchun δ= ± 2πm bo’lsa, ya’ni d sin = ± mλ ( m = 0, 1, 2,) (3) shart bajarilsa ayrim tirqishlardan hosil bo’layotgan tebranishlar bir-birini kuchaytiradi. Ekranning tegishli nuqtasida tebranish amplitudasi Ama = N · Aφ ( 1 · 4). Bu formula intensivlik maksimumlarning o’rnini aniqlaydi. Bu maksimumlar deyiladi. Undagi m soni bosh maksimumning tartibini ko’rsatadi. Har qanday spektral asbobning asosiy xarakteristkasi uning dispersiyasi va ajrata olish kuchidir. Dispersiya bir-biridan to’lqin uzunligi bo’yicha 10 S ga farqlanuvchi ikki spektral chiziq orasidagi burchakiy yoki chizig’iy masofani belgilaydi. Ajrata olish kuchi spektrda bir-biridan ajratib qabul qilish mumkin bo’lgan ikki chiziqga to’g’ri keladigan to’lqin uzunliklarining minimal δλ farqini belgilaydi. Ikki yaqin spektral chiziqlarni ajratish imkoni faqat ular orasidagi masofaga bog’liq bo’lmasdan spektral maksimumning kengligiga ham bog’liq. Agr bir maksimumning o’rtasi ikkinchi maksimumning chetiga to’g’ri kelsa, spektral chiziqlar to’la ajratilgan deb hisoblanadi. Spektral asbobning ajrata olish kuchi deb quyidagi o’lchamsiz kattalikga
R =λ/ δλ
aytiladi. R = mN difraksion panjaraning ajrata olish kuchi deyiladi, u spektrning m tartibiga va tirqishlarning N soniga proporsionaldir.
Yorug’lik dispersiyasi
N’yuton tajribalar asosida yorug’lik dispersiyasini kashf etdi. Dispersiya lotincha “sochmoq” so’zidan olingan. Umuman, yorug’lik dispersiyasi deganda moddaning sindirish ko’rsatkichi n ni yorug’lik to’lqinning siklik chastotasi ω ga bog’liqligi tufayli sodir bo’luvchi hodisalar tushuniladi. Xususan, N’yuton tajribasida prizmaga tushayotgan “oq yorug’lik” qizildan binafshagacha rangdagi yorug’liklar, spektrlarga ajralgan. Agar turli moddalardan yasalgan prizmalar tufayli olingan spektrlarni bir-biri bilan solishtirilsa, quyidagilar ma’lum bo’ladi:


8- rasm.

  1. bir xil chastotali (ω=const ) nurlar bu prizmada turlicha burchaklarga og’adi;

  2. bir xil chastotalar intervali ω = ω2 – ω1 ga mos bo’lgan spektr qismining kengliklari turlicha prizmalarda turlicha bo’ladi.Bundan, moddalar bir-biridan faqat sindirish ko’rsatkichining qiymatlari bilangina emas, balki sindirish ko’rsatkichining yorug’lik chastotasiga bog’liqlik funksiyasi

n = ƒ (ω)
bilan ham farqlanadi, degan xulosaga kelinadi.
Tushayotgan elektromagnit to’lqinlarning chastotalari
ortgan sari barcha shaffof moddalarning sindirish
ko’rsatkichi ham monoton ravishda ortib boradi. 2-rasmda
shisha uchun n ning ω ga bog’liqligi tasvirlangan. Binafsha
nurlar qizil nurlarga nisbatan shishada ko’proq sinishi
haqidagi ma’lum faqat rasmda o’z aksini topgan. Biror chastotalar intervali ∆ω da sindirish ko’rsatkichining o’zgarish ∆n ni xarakterlovchi ∆n/∆ω kattalik dispersiya o’lchovi vazifasini bajaradi. Chastota ortishi bilan moddaning sindirish ko’rsatkichi ham ortib borsa, ya’ni ∆n/∆ω > 0 bo’lsa, bu moddalardagi yorug’likning dispersiyasi normal dispersiya deyiladi. Agar chastota ortishi bilan moddaning sindirish ko’rsatkichi kamaysa, ya’ni ∆n/∆ω < 0 bo’lsa bunday moddadagi yorug’lik dispersiyasiga anomal dispersiya deyiladi. Shisha uchun oq yorug’lik sohasining barcha qismlarida normal ul’trabinafsha va infraqizil sohalarning ba’zi qismlarida anomal dispersiya kuzatiladi.



Download 61,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish