Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 12,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/87
Sana13.12.2022
Hajmi12,66 Mb.
#884390
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87
Bog'liq
pdf (2)

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1. Spermatofor nima? 
2.Kapalaklarning juftlashish jarayoniga tashqi sharoit (harorat va boshqalar) qanday ta’sir etadi? 
3.Spermatozoid tuxum ichiga qanday qilib kiradi? 
4.Tuxum va spermatozoid yadrolari tuxum ichida qay vaqtda qo‘shiladi? 
5.Kapalaklarning tuxum qo‘yish vaqtlari va bu jarayon sekin-tez borishining ahamiyati to‘g‘risida 
so‘zlab bering. 
6.Tuxumning tashqi ko‘rinishi va tuzilishini tavsiflab bering. 
5.5.Tut ipak qurti tuxumida embrionning hosil bo‘lishi 
va rivojlanishi 
Kapalak yangi qo‘ygan tuxum voltinligiga qarab, qishlovchi yoki o‘z-o‘zidan 
jonlanuvchi bo‘lishi mumkin. Bivoltin zotning o‘z-o‘zidan jonlanuvchi urug‘lari 
diapauzasiz rivojlanadi. Kapalak tuxum qo‘ygan kundan boshlab, 10-12 sutka 
mobaynida embrionning rivojlanishi tugallanadi va yozgi avlod tuxumdan 
chiqadi.Qishlovchi urug‘ning rivojlanish davri uchga bo‘linadi: birinchi davrda 
embrion rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu davr kapalak tuxum 
qo‘ygan vaqtdan boshlab, uch kun davom etadi va seroz pardada qoramtir pigment 
hosil bo‘lishi bilan tugallanadi. 
Ikkinchi davr birmuncha uzoq davom etadi. Bu davr urug‘ning qorayish 
vaqtidan boshlanib, keyingi yil bahorida tamomlanadi. Ikkinchi davr embrion 
rivojlanish jarayonining vaqtincha to‘xtab qolishi bilan xarakterlanadi va diapauzali 
davr deb ataladi. Uchinchi davr urug‘ning bahorgi uyg‘onish vaqtidan boshlanib, 
tuxumlardan qurt chiqishi bilan tugallanadi. 


5.6. Tut ipak qurti urug‘ida rivojlanishining birinchi 
davri 
Kapalak tuxum qo‘ygandan, taxminan, uch soat o‘tgach, tuxum yadrosi 
bo‘linib ikki, to‘rt, sakkiz, o‘n olti va hokazo yadrochalar -blastomerlar hosil qiladi. 
Blastomerlarning soni ortib borgan sari ularning bir qismi protoplazmaning yadroga 
yondashib turgan joyi bilan birga tuxum chetiga chiqib ketadi, bu yerda ular 
bo‘linishda davom etib, embrion pardasini hosil qiladi. 
Yon tomonlarning birida embrion pardasi uzunroq hujayralarning bir 
qavatidan iborat yo‘llar ko‘rinishida yo‘g‘onlashgan joy hosil qiladi. Ana shu 
yo‘g‘onlashgan joy embrion diski hisoblanadi. Embrion diski noto‘g‘ri to‘rtburchak 
shaklida bo‘lib, u kapalaklar tuxum qo‘yganda 16 -18 soatdan keyin hosil bo‘ladi. 
Embrion diski hosil bo‘lgandan ikki soat o‘tgandan keyinroq embrion pardasidan 
ajraladi, tuxumning markaziy qismiga tomon surila boshlab, asta-sekin sariqlikka 
botib kiradi. Embrion diski bilan birga, uning oldingi va orqa uchlarida, embrion 
pardasidan ham hujayralar tasmasi ajralib chiqadi, bu tasmaning uchlari bir-biri bilan 
qo‘shilib embrionning ichki pardasi -amnionni hosil qiladi. Sariqlikka kirib borgan 
embrionning bo‘yi tez orada birmuncha uzayadi va oq tasma shakliga kiradi. Bu 
tasmaning uchlari birmuncha kengroq bo‘ladi. 
Embrion diski ajralib chiqqandan keyin embrion pardasida hosil bo‘lgan yoriq 
bitib ketadi va ana shu vadtdan boshlab, u seroz parda deb ataladi. 
Kapalaklar tuxum qo‘ygandan 30 soat o‘tgach, seroz pardada pigment 
donachalari hosil bo‘ladi, ular avval qizg‘ish, keyinroq esa asta-sekin qo‘ng‘ir rangga 
aylanib, undan bo‘z kul rangga kiradi. 


109-rasm. Embrion diskining hosil bo‘lishi: 
A-ikki blastimerlik stadiyasi; 1 blastema (hosil qiluvchi sariqlikning chetki qatlami); 2- 
blastomerlar; B - embrion pardasi va embrion diskining hosil bo‘lishi; 1 -embrion diski; 2-3 
blastomerlar;4- blastema (hosil qiluvchi sariqlikning chetki qatlami); 5- seroz parda. V- sariqlik 
hujayralari o‘rtasiga botib kirgan embrion diski; 1- seroz parda; 2-sariqlik hujayralari. 3-embrion 
diski; 4- amnion bo‘shlig‘i. 
Pigment hosil bo‘lishi bilan bog‘liq holda urug‘ning ham rangi o‘zgara boradi 
va uchinchi sutka oxirlariga borib, qishlovchi qurt doimiy, ya’ni bo‘z kul rang tusga 
kiradi. Urug‘da embrion rivojlanishining birinchi davri embrionning sariqlikka kirib 
borishi,seroz pardada pigment hosil bo‘lishi va oziqlantiruvchi sariqlik ichida sariqlik 
hujayralarining hosil bo‘lishi bilan to‘gallanadi. Sariqlik hujayralari embrion pardasi 
va embrion diski tuzilishida qatnashmay qolgan blastomerlardan hosil bo‘ladi. Bu 
blastomerlar o‘z protoplazmasiga oziqlantiruvchi sariqlik massasini tortib oladi va 
asta-sekin dumaloq yadroli hamda sariqliklar aralashmasi bilan to‘lgan protoplazmali 
ayrim hujayralar ko‘rinishiga ega bo‘la boshlaydi. Sariqlik hujayralari ko‘payish 
qobiliyatiga ega bo‘ladi; ular embrionning bundan keyingi oziqlanishi va rivojlanishi 
uchun asosiy material hisoblanadi. 

Download 12,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish