Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 12,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/87
Sana13.12.2022
Hajmi12,66 Mb.
#884390
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87
Bog'liq
pdf (2)

 
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1.Tut ipak qurtining hayot faoliyatida nerv tizimining qanday ahamiyati bor? 
2. Tut ipak qurtining nerv to‘qimasi qanday hujayralardan iborat? Hujayra tarkibaga kiruvchi
hosilalarning bajaradigan vazifasi nimadan iborat? 
3.Tut ipak qurtining nerv tizimi qanday tuzilgan? 
4. Tut ipak qurtining gangliy, komissura, konnektiv nervlari nima? 
5.Markaziy nerv tizimi tarkibiga nimalar kiradi? 


6.Reflektor yoyi nima va uning faoliyat chizmasi qanday? 
7.Periferik nerv tizimi qanday narsalardan iborat? 
8.Opqa simpatik nerv tizimi qanday organlarni boshqaradi? 
9.Refleks nima va ular qanday guruhlarga bo‘linadi? 
10.Organizmning hayot faoliyatida har bir guruh reflekslarning ahamiyati qanday? 
 
2.5. Tut ipak qurtining sezgi organlari
Sezgi organlari markaziy nerv tizimining uchlari hicoblanib, ular tashqi muhit 
sharoitidagi ta’sirni bevosita qabul qiladi va tashqi sharoitning har qanday o‘zgarishiga 
yoki uning hasharot organizmi ta’siriga javob qaytaradi. Bu organlar ikkita asosiy 
toifaga bo‘linadi: mexanik toifaga sezish va ko‘rish organi, kimyoviy toifaga esa hid 
bilish va ta’m bilish organi kiradi. 
Tut ipak qurtida olti juft oddiy ko‘z ko‘rish organi mavjud. Bu ko‘zlar boshning 
yonida joylashgan, bir-biri bilan tomoq usti tugunining ko‘rish qismidan chiquvchi bir 
juft nerv orqali bog‘langan bo‘ladi. Har bir ko‘z shox qavat, gavhar va ko‘rish nervining 
nerv tolalariga o‘tuvchi to‘r pardadan iborat. 
Bunday oddiy ko‘z bilan tut ipak qurtlari yaqin masofalarnigina ko‘ra oladi. 
Oddiy ko‘zlar buyumlarning ko‘rinishi va rangini farq qila olmaydi, bu ko‘zlar faqat 
buyumlarga tushgan yorug‘likka qarab ularni ajratadi.
56-rasm.A. 
Ipak qurtining ko‘z tuzilishi: 
1-shox qavat. 2- po‘st. 
3-qilcha. 4- shoh modda hosil 
qiluvchi hujayralar. 5- to‘r qavat
tayoqchalari. 6-to‘r qavatning tashqi 
hujayralari . 7- po‘st osti .8-gavhar. 
9-uning yadrosi. 1-ko‘zning shoh 
qavati 
2-uning ajratgan hujayralarning
chegarasi. 3-shox modda hosil 
qiluvchi hujayralar tur qavat 
hujayralari 


B- Sezuvchi tukchalarning turli 
xil tuzilishi. 
1-sezuvchi hujayralar uchlarning 
joylashish tiplari. 
2-kimyoviy ta’sirlarni qabul 
qiluvchi hujayralar. 
3-ta’m bilish, hid bilish va
hujayralarning joylanishi. 
4- bu tukchalarda mexanik
tasirlarni qabul qiluvchi 
hujayralarning joylashishi . 
Tut ipak qurtida ko‘p sondagi sezuvchi qilchalar sezish organi bo‘lib hisoblanadi. 
Ular tananing deyarli hamma yuzasida, mo‘ylovning oxirgi bo‘g‘imida va pastki labda 
joylashgan. Sezish qilchalarining ko‘p miqdorda bo‘lishi, tashqi mexanik ta’sirlarni, 
ayniqsa, havoning harakati va haroratining o‘zgarishini qabul qiluvchi yuzani 
kengaytiradi. 
Birmuncha boshqacha tuzilgan qilchalar hid bilish va ta’m bilish organlari 
hisoblansa kerak, ular mo‘ylovning oxirgi bo‘g‘imida va ichak oldingi qismi devorining 
ostki tomonida joylashgan. Qurtning jag‘lari orasida sezuvchi yostiqchalar bo‘lib, bular 
ham sezish va ta’m bilish organlari hisoblanishi mumkin. 
Sezuv organlarining tashqi ta’sirni qabul qilish qobiliyati qurt kattalashib 
borgan sari ortib boradi. Masalan: qurtning birinchi yoshida uning hidlash organi tut 
bargining hidini 2 sm masofadan; ikkinchi yoshida 7 sm gacha masofadan seza oladi, 
uchinchi yoshidan boshlab esa hid bilish kun sayin o‘tkirlashib boradi


Download 12,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish