Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


 Tut ipak qurtining teri qoplami va uning tuzilishi



Download 12,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/87
Sana13.12.2022
Hajmi12,66 Mb.
#884390
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
Bog'liq
pdf (2)

2.3. Tut ipak qurtining teri qoplami va uning tuzilishi. 
 
Hasharotlar tanasining hamma qismini mexanik bog‘laydigan suyakdan iborat 
skeletining bo‘lmasligi bilan umurtqali hayvonlardan farq qiladi. Ipak qurtida teri 
qoplami bog‘lovchilik rolini bajaradi. Bunday qoplamning asosiy qismi teri 
(kutikula) hisoblanadi. Bu uchta: yuqorigi, o‘rta va ostki qavatlardan iborat. 
Yuqorigi qavat juda yupqa (uning qalinligi bir mikronga yaqin) bo‘lib, 
yog‘simon aralashma va mumsimon moddalar kutikulindan iborat. Bu qavat yupqa 
bo‘lishiga qaramay, qurtni tashqi ta’sirlardan juda yaxshi saqlaydi: u suv 
o‘tkazmaydi va unda ivimaydi, kimyoviy faol moddalar, jumladan, qator kislota va 
ishqor eritmalaridan ta’sirlanmaydi. Bu qavat gazlarni ham o‘tkazmasligi aniqlangan. 
Shunday qilib, yuqorigi qavat himoya qavati hisoblanib, mexanik vazifalarni 
bajarmaydi. Kutikulaning uchta qavati orasida bu qavat birmuncha cho‘zilishga 
layoqatli, uning elastik bo‘lishi esa yupqaligi tufaylidir. 
Bu qavatning tashqi tomonida ko‘pgina mikroskopik o‘siqlar bor. 
O‘rta qavat birmuncha qalin (ba’zan u terining hamma qalinligiping 
yarmisigacha etadi) bo‘lib, xitin, kutikulin, qator boshqa oqsil moddalardan hamda 
qora-qung‘ir rangga bo‘yaydigan moddalar - melanindan iborat. Bu qavatning tarkibi 
uning qolgan ikkita qavatga qaraganda birmuncha mustahkam va qattiq bo‘lishini 
ta’minlaydi, unga teri qoplamining asosiy vazifalaridan biri umurtqali hayvonlar 
skeleti o‘rnini bosa oladigan tananing mexanik asosi rolini bajarish imkoniyatini 
beradi. Shu bilan birga, bu qavatda teri qoplami va teri yuzasini biror tusga kirituvchi, 


rang beruvchi moddalar (pigmentlar) bor. 
Ostki qavat- qalinligiga ko‘ra juda mustahkam bo‘lib, asosan, erimaydigan
oqsil moddalari aralashgan xitindan iborat. Xitinning kimyoviy tarkibi hozircha 
aniqlangani yo‘q , ehtimol o‘simlik kletchatkasiga yaqindir; har holda xitinda ham 
kletchatkadagi kabi azotli birikmalar bor, unda ham kletchatka bilan boradigan 
reaksiya holatini ko‘rish mumkin. Xitin teri qoplamining asosiy tarkibiy qismi 
hisoblanmaydi; kutikulaning barcha qavatlarida uning miqdori, ba’zan 50% ga 
etadi, odatda 30 - 35% ga teng bo‘ladi. Xitin ostki qavatda yaxlit massa hosil 
qilmay, tangacha qavatsimon tuzilishli bo‘ladi. Ostki qavatning hamma qalinligi 
bo‘ylab, ko‘p sonda, kanalchalar o‘tgan. Bu qavat hamma kutikula ichida 
birmuncha elastik hisoblanadi. 
Kutikula ostki qavatining bevosita yaqin yerida hujayralar qavati yotadi; bu 
tirik hujayralar qavati ham teri qoplami tarkibiga kiradi. Bu hujayralar qavati 
kutikula qavatini hosil qiladigan moddalar ishlab chiqadi. 
46-rasm. 
Ipak qurti terisining tuzilishi 
1- po‘st tukchalari. 
2-po‘st qilchalari. 
3-yuqorigi qavat 
4-o‘rta qavati. 
5- pastki qavati. 
6-po‘st hujayralari. 
7-umumiy bo‘shliqdan 
chegaralovchi yupqa epitelial
oldi pardasi. 
8- tukcha hosil qiluvchi hujayralar




Download 12,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish