tiklovchi, silindrsimon va
bokalsimon
hujayralardan tuzilgan.
Tiklovchi hujayralar mayda bo‘lib, epiteliy asosidagi uyalarda joylashgan.
Bulardan epiteliy qavatning boshqa xil hujayralari rivojlanadi. Ular, ayniqsa, ichak
o‘rta qismining oldingi va orqa tomonlarida ko‘p bo‘ladi. Bu yerlarda ichakning
o‘rta qismi qurt tanasi kattalashgan sari o‘sib boradi. SHuning uchun tiklovchi
hujayralar yangi silindrsimon, bokalsimon, o‘ziga o‘xshash tiklovchi hujayralar
hosil qiladi. Mana shu hujayralar hisobiga o‘rta ichak o‘sadi. Ichakning oldingi va
orqa tomonlarining o‘sishi hujayralar sonining ortishi hisobiga emas, balki ularning
kattalashishi hisobiga bo‘ladi.
Silindrsimon hujayralar o‘z nomidan bilinib turibdiki, silindr shaklidir.
U markaziga joylashgan yumaloq yadrodan va bir xildagi mayda donli
protoplazmadan tuzilgan. Bunday hujayralar, bokalsimon hujayralarga nisbatan
ko‘proq o‘rta qismning oldingi tomonida uchraydi, silindrsimon hujayralarning
asosiy vazifasi hazm qilish mahsulotlarini surish bo‘lsa kerak, deb taxmin qilinadi.
Shu bilan birga qator tadqiqotchilar silindrik hujayralarning ovqat hazm
bo‘lishida ishtirok etuvchi modda ajratish xususiyati borligini ko‘rsatib o‘tgan. Bu
hujayralarning ayirish faoliyati, ayniqsa qurt och qolgan vaqtda, ya’ni ichak
bo‘shagan vaqtda fol bo‘ladi. Bu holat boshqa holatlar kabi qurt uchun ovqatlanish
bilan tinim davrining almashib turishi, ehtimol, fiziologik zaruriyat ekanligini
ko‘rsatib turibdi.
Bokalsimon hujayralar pastga tomon siqilib boradi. Bular pastki tomondan
joylashgan yirik donli protoplazmadan va donli hujayralar suyuqligi bilan to‘lgan
katta vakuoldan nisbatan kichik yadrodan iborat.
Hujayra o‘zining keng tomoni bilan ichakning ichki bo‘shlig‘i tomonga
qaragan. Bokalsimon hujayralar, asosan, ichak shirasi ajratadi. Bu shira bir oz
yopishqoq bo‘lib, sariq-yashilsimon, suyuqligi kuchli ishqoriy xususiyatga ega.
Hujayraning ichakning ichki tomoniga qaragan boshqa tomoni
ko‘ndalang chiziqli ensiz hoshiya bilan qoplangan. Bu hoshiya uni teshib o‘tuvchi
ko‘p sonli naychalardan hosil bo‘lgan. Uning vazifasi aniq emas, u hujayrali
qavatni oziqning qattiq bo‘laklaridan himoya qilishi mumkin. Bu vazifani o‘rta
ichakka xos bo‘lgan maxsus hosila – peritrofik membrana (parda) birmuncha
yaxshiroq bajaradi. Ichak o‘rta qismining epitelial hujayralari membranani hosil
qiladi.
59 - rasm. A-Tut ipak qurtining
uzunasiga kesimi. Ipakning uch bo‘limi.
1.oldingi, 2 o‘rta.3.oxirgi qismlari. 4-
tomoq o‘tkazuvchi halqali klapan 5-orqa
ichakning halqasimon klapani, 6-ingichka
ichak. 7 –yug‘on ichak. 8-ichak oxirgi
bo‘limining to‘g‘ri qismi(ichak)
B-Tut ipak qurti ovqat hazm qilish
traktining oldingi qismi,
1- qurtning boshi. 2- og‘iz voronkasi, 3-
tomoq,
4-tomoq o‘tkazuvchi,
5-tomoq o‘tkazuvchi halqali klapan
60- rasm.Tut ipak qurti o‘rta
ichagining gistologik tuzilishi.
1-tomoq oldi pardasi 2-
(k)sekret tomchilari kelib
tushadi(s). 3-epiteliyaning
silindrsimon hujayralari.
4-halqali muskullar.
5-uzunasiga ketgan
muskullar. 6-tiklovchi
hujayralar uyasi.
7- epiteliyaning bokalsimon
hujayralar o‘yig‘ining ko‘nda-
langiga ko‘rsatilgani
8- traxeyani ko‘ndalang
kesimi.
Membrana- strukturasiz yupqa tiniq parda bo‘lib, o‘rta ichakning
epiteliysiga zich turmaydi. Bu parda epiteliy bilan o‘rta ichak oralig‘ida va
ichakning yoriq yerida joylashib, tomoq o‘tkazgich klapanining halqali burmasiga
birlashadi. Membrana xitinsimon moddadan iborat bo‘lib, epitelial hujayralardan
ichak bo‘shlig‘iga hazm qilish shiralarini yaxshi o‘tkazadi va ovqat hazm bo‘lishi
natijasida hosil bo‘lgan oziq moddalarini epiteliyning so‘ruvchi hujayralariga
o‘tishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday membrana har po‘st tashlashdan keyin
yangidan hosil bo‘ladi. Membrana hosil bo‘lish jarayoni doimiy bo‘lib turadi va
uning bo‘laklari ichakning o‘rta qismidan orqa qismiga o‘tib turuvchi oziq
qoldiqlari bilan sekin-asta tashqariga chiqib ketadi, shu munosabat bilan epitelial
hujayralar tomonidan oziq oldi pardasini hosil qiluvchi modda doimo ajratib
turiladi.
Ichak o‘rta qismining tashqi devori bir-biriga yaqin turgan uzunasiga va
ko‘ndalangiga joylashgan ko‘p sondagi halqali muskullar bilan o‘ralgan: bularning
ustida bir ichak oxiridan boshqa ichakka o‘tuvchi uzunasiga ketgan muskullar
bog‘lami o‘tadi.
Halqali va uzunasiga ketgan muskullar o‘zaro tutashgan. Uzunasiga ketgan
muskullar yo‘g‘on (halqali muskulga nisbatan) bo‘lib orqa va qorin tomondagi
ichakning ustki devorida joylashgan, shuning uchun bu yerdagi ichakning devori
ichki tomonga qarab birmuncha botgan bo‘ladi.
Ichak o‘rta qismining eng oxirida, ya’ni oxirgi qism chegarasida, bitta halqali
klapan bor. Bu klapan o‘zining tuzilishi bilan tomoq o‘tkazgich chegarasida
joylashgan klapanni eslatadi, lekin yaxshi rivojlanmagan. Bu klapandan keyin
ichakning keyingi qismi boshlanadi.
Ichakning keyingi qismida bir-biridan keskin farq qiluvchi ingichka ichak,
ko‘r ichak yoki yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichaklar bor.
Ingichka ichak tor va qisqa bo‘lib, orqa tomoniga qarab ingichkalashib
boradi. Ichak bo‘shab qolganda uning epiteliysi burma hosil qiladi, bu burma ichak
oziq massasi bilan to‘lganda tekislanadi. Ingichka ichak Malpigiev naylarining
chiqarish yo‘llari joylashgan.
Halqali muskullar ingichka ichakning hamma tomonini qoplamaydi, lekin
ayrim yerlarda ingichka ichak devoriga birikadi. Bu yerda halqali muskullar
tarnovchalar hosil qiladi, bular muskullar qisqarganda kichkina naychalarga
aylanadi. Malpigiev naylari ajratgan mahsulotlar naychalardan ingichka ichakka,
hatto ichak teshiklari torayishiga qaramasdan osongina o‘tadi. Ingichka ichakdan
keyin juda uzun yoki ko‘r ichak boshlanadi. Ko‘r ichakda uzunasiga ketgan oltita
burmaning o‘rta qismida – ko‘ndalang kesim (to‘siq) bor. Ko‘ndalang kesim
borligi uchun yo‘g‘on ichak yulduzsimon formaga ega.
Bu burmalarning tashqarisidan ichkarisiga qarab uzunasiga ketgan kuchli
muskullarning oltita bog‘lami o‘tadi. Yo‘g‘on ichakning boshida, o‘rtasida va
oxirida hamda tashqi tomonida baquvvat muskullarning uchta halqasi joylashgan.
Bu halqalar orqa ichakning bu qismini katta kuch bilan siqa oluvchi qisqich hosil
qiladi.
To‘g‘ri ichak to‘g‘ri nayga o‘xshash bo‘lib, yo‘g‘on ichak bilan orqa
chiqaruv teshigi o‘rtasida joylashgan. Uning halqali va uzunasiga ketgan
muskullari kuchsizdir. Uzunasiga ketgan muskullar orqa chiqaruv teshigi bilan
bog‘liq bo‘lib, uni ochib, yopadi.
Ichakning keyingi qismining uchala qismi devorining ichki tomonida xitinli
modda qavati yotadi, buning ketidan epitelial hujayralar qavati joylashgan bo‘lib,
ustida bazal membrana bo‘ladi.
Ichak devorining muskullar ta’sirida qisqarishi natijasida ovqat hazm qilish
yo‘lidagi oziq suriladi. Bu qisqarish ritmik ravishda bo‘lib, keng vaqt oralig‘ida
ichak oziqqa to‘la yoki yo‘qligidan qat’iy nazar ichak bo‘ylab to‘lqinsimon
ravishda tarqaladi. Ichakning izchil qisqarishi o‘rtasidagi oraliq vaqt 21
0
C da
o‘rtacha 3-4 sekundni tashkil etadi. Bu qisqarish tana muskullaridan boshlanadi,
so‘ngra oldingi qismning muskulli qobig‘iga tarqaladi, undan o‘rta qismga, nihoyat
ichakning oxiri- to‘g‘ri ichakka o‘tadi. To‘g‘ri ichakning qisqarishidan orqa
chiqaruv teshigi orqali chiqindi ajraladi.
Barg bo‘lagi tomoq orqali o‘ta turib, tomoq o‘tkazgichdagi tomoq o‘tkazgich
klapani oldida to‘planadi va yuqorida qayd qilingan ovqat hazm qilish yo‘lining
to‘lqinsimon qisqarishi ta’sirida oziq massasi porsiya-porsiya bo‘lib ichakning
o‘rta qismiga o‘tadi. Bu yerda ovqat hazm bo‘ladi va organizm uchun zarur
moddalar qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |