Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti



Download 12,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/87
Sana13.12.2022
Hajmi12,66 Mb.
#884390
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87
Bog'liq
pdf (2)

1.7.
 
Tut ipak qurti urug‘ida rivojlanishining ikkinchi davri – 
diapauza 
Diapauza tuxum rivojlanish davrining eng uzoq davom etadigan davri hisoblanadi. 
Qishlovchi urug‘larda bu davr 9,5 oycha davom etadi. Diapauza (tinim) davri 
batamom tinch o‘tishi bilan xarakterlanadi, bu davr mobaynida urug‘ning tashki 
nafas olish jarayoni minimal darajada bo‘ladi, embrion o‘sish va rivojlanishdan 
to‘xtaydi. Diapauza tashqi sharoitning noqulay (mavsumiy) o‘zgarishlariga 
moslashish reaksiyasidir, ammo u hayvonlarning qishki uyquga kirishidan shu bilan 
farq qiladiki, hayvonlar tashqi muhitdagi noqulay sharoitning (masalan, qishda 
haroratning pasayib ketishi) bevosita ta’siri natijasida u qishki uyquga kiradi. 
Diapauza davri esa tashqi muhitning bevosita ta’siri bilan bog‘lik holda emas, balki 
hasharot rivojlanishining ma’lum bir bosqichida avtomatik ravishda boshlanadi. 


Tut ipak qurti urug‘ining diapauza davri, Xitoy olimi Lyuy Xun Shenning 
tadqiqotlariga (1960 y.) ko‘ra, erkak va urg‘ochi kapalaklar juftining tomoq osti 
gangliylari faoliyati natijasida paydo bo‘ladi. Tomoq osti gangliylari, ayni ichki 
sekretsiya bezi ham hisoblanadi. Bu bez diapauza gormoni chiqaraoladi. Diapauza 
gormoni chiqish jarayonini miya (tomoq usti nerv tugunlari) boshqaradi. Diapauza 
gormoni qurt g‘umbakka aylangandan taxminan, ikki sutka o‘tgach 24-25°C
haroratda ajraladi. 
Monovoltin zot ipak qurtlarida «miya» gormon ajralib chiqishiga qarshi ta’sir 
ko‘rsatmaydi, shuning uchun bunday zot qurtlarda diapauza hamma vaqt urg‘ochi va 
erkak kapalaklar juftining yashash sharoiti bilan bog‘liq bo‘lmagan holda paydo 
bo‘ladi. 
Bivoltin zot ipak qurtlarida urug‘ ochirish davrida miya past harorat ta’sirida 
tomoq osti gangliysining sekret ajratib chiqarish vazifasiga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. 
Bunday holda diapauza gormoni ajralib chiqmaydi va urg‘ochi kapalak qurt urug‘lari 
o‘z-o‘zidan jonlanadigan bo‘lib qoladi. 
Diapauza davri ikki fazaga bo‘linadi. Birinchi fazada urug‘ning tashqi nafas 
olish tezligi tevarak-atrofdagi muhit haroratining o‘zgarishiga bog‘lik bo‘lmaydi. 
Birinchi faza diapauza davri paydo bo‘lishi bilan, ya’ni kapalaklar tuxum qo‘ygandan 
keyin uch kun o‘tgach boshlanadi va tabiiy sharoitda urug‘ni yoz bo‘yi saqlash 
mobaynida (estivatsiya davrida) davom etadi hamda qisman kuzda, havo harorati 16-
17°Cgacha pasaygan vaqtda ham o‘tadi. Ikkinchi faza urug‘ning nafas olish tezligi 
tevarak-atrofdagi muhit haroratining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib kuzda, xavo harorat 
17°C dan pastga tushib ketgan vaqtdan boshlanadi. Bu fazada urug‘ asta-sekin 
«sezgir» bo‘la boshlaydi. Haroratga bog‘liq bo‘lgan nafas olish jarayonining 
batamom tiklanishi uchun diapauzadagi urug‘ + 2, +4°C da qishlab chiqishi kerak. 
Qishlash muddati 100-120 kun davom etishi lozim. Oq pilla o‘rovchi zotlarning 
qishlash muddati 120-130 kun davom etganda eng yaxshi natijalarga erishilishi 
amalda isbotlangan. Urug‘lar qishlab chiqqandan keyin ularning harorat
o‘zgarishlarini sezish qobiliyati tiklanadi, ya’ni harorat ko‘tarilishi bilan urug‘larning 


nafas olish tezligi va ular ajratib chiqargan karbonat angidridning miqdori ortadi. 
Urug‘larning qishlash vaqtida harorat sharoitiga bo‘lgan sezgirligining tiklanishi 
natijasida embrionning rivojlanishi yana davom etib ketishi mumkin. Ammo 
embrionning bahorgi normal rivojlanishi uchun +2°C, +4C ga qaraganda anchagina 
yuqori harorat talab etiladi, chunki embrionning keyingi har bir stadiyasi o‘zining 
rivojlanishi uchun ma’lum va tobora ko‘tarilib boruvchi harorat bo‘lishini talab etadi. 
Shuning uchun urug‘ning qishlov joyida bundan keyin ham +5°C, +7°C haroratda 
qolishi uning muddatidan ilgari rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. 
Urug‘larning bunday «qishlashi» baxorda urug‘dan qurt ochirish muddatlarinitartibga 
solish uchun imkon beradi. Biroq qishlov joyida uzoq vaqt (4 oydan ortiq) saqlab 
qolinsa, urug‘lar va ulardan chiqadigan qurtlarning hayot faoliyati pasayib ketadi. 
Diapauza - turg‘un fiziologik holat. Agar diapauza boshlanib qolgan bo‘lsa, uni 
sun’iy yo‘l bilan qaytarish qiyin. Shunday bo‘lishiga qaramay, diapauzani oldini 
olishning ikki usuli mavjud: birinchi usulda - yangi qo‘yilgan urug‘ga (qo‘yilgan 
vaqtdan 48 soatdan ortiqo‘tmaganda) har xil kislotalar, qisilgan havo, qaynoq suv va 
boshqalar bilan ta’sir etiladi. Diapauzani oldini olishning ikkinchi usuli-urug‘larni 
sun’iy ravishda qishlatishdir. Buning uchun kapalaklar endigina qo‘ygan urug‘lar shu 
zahotiyoq muzlatgichga (sovuqxonalarga) joylanadi va 60--70 kun mobaynida +4°, 
+5°C haroratda saqlanadi. Bu davr ichida urug‘ning «sezgirlanish» jarayoni 
tugallanadi va issiqni sezuvchanlik qobiliyati tiklanadi. Urug‘ga ana shunday ta’sir 
ko‘rsatilgandan keyin uni normal sharoitda ochirish va shu yilning o‘zida undan qurt 
olish mumkin. Urug‘ etishtirishda, ko‘pincha, yozgi takror qurt boqish zarur bo‘lib 
qolgan hollarda diapauza holatining oldi olinadi. Kapalaklar tuxum qo‘ygandan keyin 
36 soat o‘tgandagi qishlovchi urug‘lar rivojlanishga qo‘zg‘atish uchun solishtirma 
og‘irligi .1,12, harorati +30°C bo‘lgan xlorid kislota eritmasiga solinadi. Bunday 
ishlov berish muddati urug‘ning zoti va yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, oq pilla 
o‘raydigan zotlarning ko‘pchiligining urug‘lariga 8-10 daqiqaishlov beriladi. Agar 
qo‘yilganiga 48 soat bo‘lgan urug‘ga ishlov berilayotgan bo‘lsa, ishlov berish vaqti 2 
daqiqaga cho‘ziladi. 



Download 12,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish