Yangi qo‘yilgan tuxumning rangi och sariq. yoki somon rang-sariq, bo‘ladi.
Urug‘langan tuxumlar 22-25°C haroratda dastlabki 2-3 sutka mobaynida och sariq.
rangdan pushti rang qizg‘ish,qo‘ng‘ir va bo‘z kul rang tusga kirib, asta-sekin qoraya
boshlaydi. Qishlovchi tuxumning haqiqiy rangi bo‘z kul rang bo‘ladi, Bivoltin
zotning o‘z-o‘zidan jonlanadigan urug‘larining rangi butun inkubatsiya davrida och
sariqligicha qolaveradi. Ammo tuxumdan qurt chiqishidan 2-3 kun oldin o‘z-o‘zidan
jonlanadigan urug‘larda qora nuqta paydo bo‘ladi. Bu -qurtning qorayib ko‘rinib
turgan boshchasidir. Qurt chiqishidan bir kun oldin hamma urug‘ning tusi kul rang
bo‘lib qoladi, chunki qurt ochib chiqishdan oldin
embrionning xitin qoplami
qorayibketadi.
Har qanday zotning urug‘lanmagan tuxumlarining tusixamma vaqt somon rang
- sariq bo‘ladi. Tuxum qo‘yilgandan keyin bir necha kun o‘tgach, u qurib va
yassilanib, kulchadek bo‘lib qoladi.
106-rasm [ 18]Urug‘langan qishlovchi qurt
urug‘ining tashqi ko‘rinishi monovoltin zot.(bir
avlod beradigan.)
107 rasm[27] yapon eman ipak
qurtini
urug‘i polivoltin zotlar.(ikkidan ortiq
avlod beradigan)
Urug‘langan, ammo qo‘yilgandan keyingi dastlabki uch kun ichida nobud
bo‘lgan urug‘lar ham qurib va yassi plastinkalarga o‘xshab qoladi, biroq ular pushti,
to‘q sariq, qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi.
Qurt tuxumdan chiqqandan keyin tuxum qobig‘i oq rangli, faqat
Yevropa va
Xitoy guruhiga kiruvchi zotlar tuxumining qobig‘i sarg‘ish yoki ko‘kish tovlanadigan
rangda bo‘ladi.
Tuxum qobig‘ining qalin-yupqaligi ham ipak qurtining zotiga bog‘liq: yirik
pillali monovoltin zotlar tuxumining qobig‘i mayda pillali zotlarnikidan 2,5-3 marta
qalin bo‘ladi. O‘rta hisobda u 4-5 mikronga teng.
Tuxum qobig‘ining sirtida bir-birining orasi oqishroq yo‘llar bilan bo‘lingan
alohida uchburchaklar ko‘rinishidagi chiziqlar bor, shuning uchun qurt urug‘i lupa
orqali qaralganda xoldor bo‘lib ko‘rinadi. Tuxumning uchidan bir oz yon tomonroqda
mikropilyar teshik bor, spermatozoid ana shu teshik orqali tuxum ichiga kiradi.
Mikropilyar teshikning og‘zi gulning tojbarglariga o‘xshash rasmlar bilan o‘ralgan.
Urug‘lardagi naqshlar ovariollar
follikulyar epiteliysining, mikropillyar teshik
atrofidagi naqshlar esa oziqlantiruvchi hujayralarning izi bo‘lsa kerak deb taxmin
qilinadi.
108-rasm. Tut ipak qurti tuxumining tuzilishi:
1.- tuxumning keng tomondanko‘rinishi; 2 - qirrali tomonidan ko‘rinishi; 3 - qishlovchi
tuxumning qirrali tomondan ko‘rinishi; 4
-mikropile va rozetka; 5- urug‘ (tuxum po‘chog‘i)ning
kundalang kesigidagi havo yo‘llari (teshiklari) va 6-mikropilyar naychalar; 7-urug‘po‘chog‘ining
qirrali tomoni va keng tomoni sirtidagi izlarining shakli.
Mikropilyar teshik tuxum po‘chog‘i ichida kichikroq bo‘shliq shaklida
kengayadi, bu bo‘shliqdan tuxum ichiga 3-4 ta mikropilyar naycha ketadi.
Mikropilyar apparatning tuzilishi ingichka va uzun spermatozoidning tuxum ichiga
kirib borishiga imkon beradi, ammo bakteriyalar tushishiga to‘sqinlik qiladi. Tuxum
qobig‘ining hamma joyida havo kiradigan ingichka naychalar bor, ana shu naychalar
orqali urug‘ nafas oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: