Yorma mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va ta’sir ko’rsatuvchi omillar.
Yormalar kimyoviy tarkibiga ko’ra oqsil va kraxmalga (dukkaklilardan tashqari) boy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Ayrim yormalarda kraxmal miqdori 85 % gacha va hatto undan yuqori bo’ladi, oqsil moddalar miqdori esa 9-16 %gacha bo’lishi mumkin. Yormalarda oz miqdorda moy, uglevod va mineral moddalar mavjud. Kletchatka va gemmistellyulozaning arzimas miqdorda bo’lishi, yormalarning hazm bo’lishining osonlashuviga olib keladi. Uglevodlar yormaning yuqori kalloriyali bo’lishini ta’minlaydi. Yormada V guruh vitaminlari ham bor.
Yormalarning kimyoviy tarkibi donni qayta ishlash jarayonida qo’llaniladigan usullar, shuningdek qayta ishlanadigan donning kimyoviy tarkibiga ham bog`liq holda o’zgarib turadi. Qayta ishlash uchun keltirilgan turli ekinlar donining tabiiiy xususiyatlari ularning o’sish sharoitlari va qaysi navga mansubligini belgilaydi.

Tariqning sariq va och sariq rangli mag`izga ega bo’lgan navlari yuqori tovarlik xususiyatlariga ega. tariqdagi oqsil miqdori ko’p jihatdan etishtirilgan tuproq-iqlim sharoitiga ham bog`liq bo’ladi. Masalan, Evropada o’stiriladigan tariqdagi oqsil miqdori garbdan sharqqa tomon o’sib boradi. Javdarning yirik va tekis mag`izli navlaridan bir tekisda pishadigan, tashqi ko’rinishi yaxshi, a’lo darajadagi ta’m xususiyatlariga eag bo’lgan yorma olish mumkin.
Gurunch uchun mag`iz shakli va mag`izning shishasimonligi katta ahamiyat kasb etadi. Uzunchoq shakldagi mag`izga va shaffof ko’rinishga ega bo’lgan gurunch navlari eng yuqori qiymatga ega. Chunki ular kaynatishda o’z shaklini yaxshi saklaydi va butkaga sochiluvchan xususiyat beradi.

Sulining juda yupqa gul qobiqlariga ega bo’lgan navlari qalin qobiqli suli navlariga nisbatan xushta’m yormaga ega bo’ladi.