TEKTONIK HARAKATLAR — Yer qaʼrida sodir boʻlgan jarayonlar natijasida vujudga kelgan Yer poʻsti harakatlari; Yer poʻsti va asosan Yer mantiyasidati kuchlar taʼsirida sodir boʻlib, poʻstni tashkil etgan jinslarni deformatsiyaga olib keladi. Tektonik harakatlar, odatda, deformatsiyaga uchragan togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi, fazaviy holati (mineral tarkibi) va ichki strukturasining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Tektonik harakatlar bir vaqtning oʻzida juda katta maydonni oʻz ichiga oladi. Geodezik oʻlchashlarning koʻrsatishicha, butun Yer yuzasi uzluksiz harakatda boʻladi, lekin Tektonik harakatlar tezligi katta emas: yiliga 0,01 mm dan 0,1 mm gacha yetadi. Bu harakatlar juda uzoq geologik vaqt (oʻnlab — yuzlab mln. yil) davom etib, toʻplanishi natijasida Yer poʻstining ayrim qismlarida yirik siljishlar roʻy beradi. Amerikalik geolog G. Jilbert (1890) Tektonik harakatlarni epeyrogenik (Yer yuzida katta maydonlarning uzoq vaqt koʻtarilishi va choʻkishi) vaorogenik (muayyan zonalarda burmalar hosil boʻlib, togʻ tizmalarining shakllanishi) harakatlarga boʻlishni taklif etdi, nemis geologi X. Shtille (1919) bu tasnifni rivojlantirdi. Uning asosiy kamchiligi oʻzaro farq qiluvchi 2 xil jarayon — burma va uzilma hosil boʻlishi bilan togʻ hosil boʻlishini yagona orogenez tushunchasi bilan izoxlanishidir. Shu tufayli boshqa tasniflar taklif etilgan. Rus geologlari A. P. Karpinskiy, M. M. Tetyayev Tektonik harakatlarni tebranma burmali va uzilmali harakatlarga ajratdilar. Nemis geologi E. Xarman va golland olimi R. V. van Bemmelen esa Tektonik harakatlarni undatsion (toʻlqinli) va undulyatsion (burmali) harakatlarga boʻldilar (q. Yer pusti tebranma harakatlari). Tektonik harakatlar sodir boʻlish shakli va vujudga kelish chuqurligi, mexanizmi va paydo boʻlish sabablari har xil ekanligi maʼlum boʻldi. 18-a. oʻrtalarida Tektonik harakatlarni boshqa prinsip boʻyicha sekin (asriy) va shiddatli boʻladigan harakatlarga ajratdilar. Tez sodir boʻladigan harakatlar, odatda, zilzilalar bilan bogʻliq boʻlib, gʻoyat qisqa muddatda kechadi. Zilzila vaqtida yer yuzasidagi siljishlar bir necha m ga yetadi, baʼzan 10 m dan ham oshadi. Lekin bu siljishlar jamlanganda sekin siljishlardan koʻp ham ortiq emas. Tektonik harakatlarni vertikal (radial) va gorizonta l (tengensial) harakatlarga boʻlish shartli boʻlsada, bir qadar ahamiyatga ega; bu harakatlar oʻzaro boglik boʻlib, biri ikkinchisiga oʻtib turadi. Bunda vertikal yoki gorizontal Tektonik harakatlardan biri ustun boʻladi. Vertikal harakat ustun (birlamchi) boʻlganda, yer yuzasi koʻtariladi va choʻkadi, jumladan togʻlar paydo boʻladi. Natijada okean va dengizlarda, qisman quruqlikda ham choʻkindi jinslarning qalin qatlami hosil boʻladi. Gorizontal harakatlar Yer poʻsti ayrim bloklarining boshqalariga nisbatan yuzlab km, hatto minglab km gacha yirik siljishlarida, ularning yuzlab km keladigan siljimalarida, shuningdek, kontinental poʻst palaxsalarining surilishi natijasida ming km kenglikdagi okean botiklarining hosil boʻlishida yaqqol namoyon boʻladi.
Tektonik harakatlar h muayyan davriylikka ega. Nisbatan qisqa muddatli vertikal harakatlar tebranma harakatlar deyiladi. Gorizontal harakatlar, odatda, oʻz yoʻnalishini uzoq vaqt saklab qoladi va asliga qaytmaydi. Tebranma harakatlar, ehtimol, dengiz va daryo terrasalarini hosil qiladi. Tektonik harakatlar paydo boʻlish vaqtiga koʻra eng yangi va hoz. zamon harakatlariga boʻlinadi. Eng yangi Tektonik harakatlar Yerning gʻoz. relyefida bevosita aks etadi, geomorfologik va geodezik metodlar yordamida ham oʻrganiladi. Eng yangi va hozirgi Tektonik harakatlarni neotektonika oʻrganadi. Uzoq geologik oʻtmishda sodir boʻlgan Tektonik harakatlar okean transgressiyasi va regressiyasining tarqalishi, choʻkindi qatlamlarning umumiy qalinligi, ular fatsiyalarining joylashishi, depressiyaga toʻplangan chaqiq jinslar manbaiga koʻre. aniklanadi. Litosfera palaxsalarining katta miqyosdagi siljishlarini qayta tiklashda paleomagnit sohasidagi izlanishlarning maʼlumotlari katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |